Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg’armalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir.
Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=O), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo’ladi. ya’ni:
YaIM = ShTD = S + S, ayni paytda: YaIM = S + I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
S + I = S + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining jamg’arishga bo’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (SQS) va Yalpi xarajatlar (SQI) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo’lga qo’yilgan, soliq solish va transfert to’lovlari ko’rinishida davlat aralashuvi mavjud bo’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
S = Sp + Sd + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;
Sd - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (U), transfert to’lovlari (TR), davlat zayomlari bo’yicha foizlar yig’indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (S) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bo’ladi.
Sp = (U + TR + N - T) – C
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg
Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.
Dostları ilə paylaş: |