3-mavzu: Diqqat Diqqatning turlari va ularning ta’rifini keltiring



Yüklə 376,43 Kb.
səhifə1/3
tarix02.01.2022
ölçüsü376,43 Kb.
#41820
  1   2   3
Topshiriq Diqqat,sezgi, idrok -ijrosi

3-mavzu: Diqqat

1. Diqqatning turlari va ularning ta’rifini keltiring






Diqqatning turlari

Ta’rif

1

ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat

Ixtiyorsiz diqqat deb tosatdan tasir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil boladigan diqqatga aytiladi.

Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga
aytiladi.
Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy
to'planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va
jarayonning o'zi qiziqarli va ahamiyatli bo'lsa ixtiyoriydan so'nggi diqqat deb
tushunish mumkin


2

- tashqi va ichki diqqat

Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga,
ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to‟planishiga aytiladi.
Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‟lmasdan, balki fikr
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Ichki diqqat esa ongimizning o‟z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz
va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o‟zida sodir bo’layotgan
o‟z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan
farqli o’laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko’rinishi
ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga
egadir.


3

- individual, guruhiy va jamoaviy diqqat

Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo’naltirilishi va unga to’planishiga
individual; bir guruh yoki ko’pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik
faoliyatning biror obyektga qarata yo’naltirilishi va shu obyekt ustida to’planishiga
guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.




2. Diqqatning xususiyatlariga monand ta’riflarni belgilang





Diqqat xususiyatlari

Mos ta’rif

1

Diqqatning kuchi va barqarorligi

odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishi


2

diqqatning bo‘linishi

ayni bir vaqtda diqqatni ikki yoki uch narsaga qaratish


3

Diqqatning ko‘chuvchanligi

odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‘chib turishi


4

Parishonxotirlik

diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez bo‘linib turishida namoyon bo‘lishi




  1. odamning diqqati har doim bir narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‘chib turishi

  2. diqqatni uzoq vaqt davomida biron ishga layoqatsizlikda diqqatning osongina va tez- tez bo‘linib turishida namoyon bo‘lishi

  3. odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishi

  4. ayni bir vaqtda diqqatni ikki yoki uch narsaga qaratish

1. Quyidagi berilgan diqqat turlari va diqqat

xususiyatlarini ajratib jadvalga joylashtiring:

1. ixtiyoriy diqqat 2) diqqatning barqaror bo‘lishi 3) ixtiyoriydan keying diqqat 4) diqqatning bo‘linishi 5)ko‘chuvchan diqqat 6) ixtiyoriydan keyingi diqqat 7) diqqatning ko‘lami 8) diqqatning kuchi 9) ixtiyosiz diqqat



Diqqat

Javob raqamlar

Diqqat turlari

1,3,6,9

Diqqat xususiyatlari

2,4,5,7,8

Yüklə 376,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin