3-Mavzu: Era va davrlardagi hayotning rivojlanish bosqichlari Режа: Arxey, proterazoy va paleozoy eralarida hayotning rivojlanish bosqichlari
Mezazoy erasi va Kaynazoy eralarida hayotning rivojlanish bosqichlari
Tayanch so‘zlar: Yerda hayotning eralar bo‘yicha rivojlanishi.
Era va davrldardagi hayotning rivojlanish bosqichlari Rivojlanish 5 ta eraga bo‘linadi: ular Arxey, proterozoy, paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralaridir. Bu eralarning keyingi uchtasi o‘z navbatida davrlarga bo‘linadi. Masalan, Poleozoy erasi 6 ta, Mezazoy erasi 3 ta, Kaynazoy 2 ta davrga bo‘linadi. Bu eralarda tirik organizmlarning rivojlanishi quyidagichadir:
1.Arxey erasi. Bu birinchi geologik era bo‘lib, 800-900 mln yil davom etgan. Bu era qatlamlarida hayot qoldiqlari juda kam topilgan. Bu hodisa bir tomondan, o‘sha davrda yashagan organizimlar tuzilishi jixatidan nixoyatda tuban ekanligi, ikkinchi tomondan esa Arxey erasidagi qatlamlar yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘zgaruvchanligi bilan izohlanadi. Shu tufayli organizmlar qolidiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi o‘sha davrda prokariotlar-bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar yashaganligini bildiradi. Bu eraning so‘ng qatlamlaridan ko‘p hujayrali hayvonlar, jumladan marjon poliplar, ipsimon yashil suvo‘tlarning qoldiqlari ham topilgan. Bakteriyalar faqat suvda emas, balki quruqlikda yashagan. Natijada quruqlik va atmosferadagi anorganik moddalari organik moddalariga aylanishi, ular esa quruqlik boshqa organizmlar tomonida parchalanishi oqibatida faqat suvga emas, balki quruqlikda getetrof organizmlar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan. Arxey erasida quruqlikda tarqalgan organizmlarning ta’siri, tog‘lar ko‘p miqdorda kislorod ajratib, suv va atmosferani kislorod bilan boyitgan.
Arxey erasida vujudga kelgan hayot ulkan rivojlanish bosqichini bosib o‘tgan. Hujayrasiz formalar (protobiontlar)dan yadro oldi hujayrali formalar, ya’ni prokariotlar-bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlari, ulardan esa eukariotlar paydo bo‘lgan. Ba’zi bakteriyalarda uchraydigan xemosintez suvo‘tlar paydo bo‘lishi bilan uning o‘rnini fotosintezga bo‘shatib bergan. Avtotrof organizmlarning hayot faoliyati natijasida bo‘lgan organik birikmalar geterotrof organizmlar paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit tug‘dirgan.
Xulosa qilib aytganda, Arxey erasidagi organik olamning rivojlanishiga aromorfoz tipidagi uchta katta o‘zgarish yuz bergan:
1. Jinsiy jarayon
2. Fotosintez jarayoni
3. Ko‘p hujayrali organizm vujudga kelgan.
Arxey grekcha – arxe – boshlang‘ich, zoye – hayot, ya’ni boshlang‘ich hayot degan ma’noni bildiradi.