2. Proterozoy erasi. Bu era 2 mlyard yillar davom etgan, deb tahmin qilinadi.Uning boshlanishida kuchli tog‘ hosil bo‘lishi jarayoni ro‘y bergan. Natijada yerning qiyofasi ancha o‘zgargan. O‘sha davrda yashagan suvo‘tlar va bir hujayrali organizmlarning qattiq qismidan ohak va marmar hosil bo‘lgan. Oldin hukumron bo‘lgan prokariotlar-bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar proterozoyga kelib, eukariotlar-yashil, oltin rangli suvo‘tlarning avj olib rivojlanishi bilan o‘rin almashingan. Suvo‘tlar orasida dengiz tubiga birikkan holda o‘troq hayot kechiruvchi formalar vujudga kelgan. Bunday hayot kechirish suvo‘tlar massasining turli qismlarida farqlar paydo bo‘lishi, ayrim qismlari substratga yopishishi va fotosintez qiluvchi qismlarga bo‘linishiga sababchi bo‘lgan. Bunday moslanish ko‘p hujayrali yoki turli qismlari turli vazifalar bajaradigan haqiqiy ko‘p hujayrali suvo‘tlarning kelib chiqishi bilan harakterlanadi. Shu yo‘nalishda ko‘p hujayrali qizilsuvo‘tlar paydo bo‘lgan.
Proterozoy erasida tarqalgan hayvonlarning aksariyati ko‘p hujayrali formalar bo‘lgan. Dengizlarda ko‘p hujayrali hayvonlardan tubanlari-bulutlar, kovakichlilar, ikki tomonlama-simmetriyalilar-chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar ko‘p tarqalgan. Bu era bo‘g‘imoyoqlilarning eng qadimgi vakillari-qisqichbaqalar, chayonlar, ninatanlilar hamda umurtqasiz hayvonlarning boshqa yuksak vakillari vujudga kelgan.
Proterozoy erasida ro‘y bergan aromorfoz tipidagi katta o‘zgarishlar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarning (chuvalchanglar, kovakichlilar) kelib chiqishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ikki tomonlama simmetriyaning paydo bo‘lishi tufayli hayvonlar gavdasi oldingi va orqa, qorin va yelka qismlarga bo‘lingan.Gavdaning oldingi qismida sezuv organlari, nerv tugunlari, keyinchalik uning o‘rniga bosh miya rivojlangan. Hayvonning yelka tomoni himoya vazifasini, qorin qismi esa harakatlanish va oziq tutish vazifasini bajaruvchi organlardan iborat bo‘lgan. Gavdaning ikki tomonlama simmetriyada bo‘lishi tufayli harakatlanish, chaqqonlik, umuman hayot faoliyati ortgan.
Proterozoy grekcha proteros-ikkitadan eng qadimgi bittasi, zoye-hayot, ya’ni qadimgi hayot demakdir.