3-Mavzu: Era va davrlardagi hayotning rivojlanish bosqichlari Режа



Yüklə 63,97 Kb.
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü63,97 Kb.
#184696
1   2   3   4   5   6   7
3-Mavzu Era va davrlardagi hayotning rivojlanish

5. Kaynazoy erasi.Bu era 60-70 mln yillar davom etgan.Kaynazoy erasi 2 ta davrga bo‘linadi: uchlamchi va to‘rtlamchi davrlar.
1. Uchlamchi davrda dastlabki yo‘ldoshli sut emiduvchilar yashagan. Ularning tuban vakili bo‘lgan hasharotxo‘rlardan yirtqichlar paydo bo‘lgan. Bu davrning boshlarida yirtqichlar paydo bo‘lgan. Bu davrning boshlarida yirtqichlar ham suvda yashagan. Natijada kurakoyoqlilar, kitsimonlar rivojlangan. Quruqlikdagi yirtqichlardan dastlabki tuyoqlilar paydo bo‘lgan. Tuyoqlilardan o‘z navbatida toq tuyoqlilar, juft tuyoqlilar va xartumlilar kelib chiqqan. Bular sut emizuvchilar sudralib yuruvchilardan yuqori ekanligidan darak beradi. Tropik va suptropik o‘rmonlar asta-sekin yo‘qolib borgan. Masalan Vengriyadan Mongolyagacha o‘rmonlar yo‘qolib, uning o‘rniga cho‘l hosil bo‘lgan. Uchlamchi davrning ikkinchi yaramida yopiq urug‘lilarning bir palalilar sinfi vakillari yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish tufayli ba’zi daraxtsimonlarni siqib chiqargan. Bunda tahminan 40 mln yillar oldin hashoratxo‘r hayvonlardan primatlar paydo bo‘lgan. Uchlamchi davrning oxiriga kelib hozirgi o‘simlik va hayvonlarning turlari paydo bo‘lgan. Ular birgalikda har xil biotsenozlarni hosil qilgan. Hasharotlar o‘simliklarning nektari, changi, bargi va shirasi bilan ozuqlana boshlagan (koadaptatsiya, koevolyutsiya). Bunday hasharotlar o‘z navbatida yirtqich hasharotlarga yem bo‘lgan. Qushlar hasharotlar va donlar bilan ozuqlangan. Bu erada tirik organizmlar o‘rtasida ana shunday murakkab munosabatlar paydo bo‘lgan.
2. To‘rtlamchi davrda mastodontlar, mamontlar, parranda tishli bahaybat kaltakesaklar, gigant yalqovlar, katta shohli bug‘ular paydo bo‘lgan. Bu davrda Yevrosiyo va Shimoliy amerikaning katta qismini 4 marta muz qoplagan. M: Skandinaviya tog‘laridan surilgan muz Kiyev, Kursk va Voronejni bosgan. Natijada o‘simlik va hayvonlar muz ostida qolib qirilgan. Faqat Qora dengiz, Kavkaz, Qrimning janubiy, Kaspiy dengizi o’rmon tog‘larida, Ussuriy o‘lkasida tropik va subtropik o‘simliklar saqlanib qolgan. Muz yaqin borgan joylarda sovuqqa chidamli ninabarglilar bargini to‘kadigan o‘simliklar saqlanib qolgan. Muzlash tufayli jahon okeani 60-90 m.ga pasaygan. Natijada Yevropa bilan Angliya, Osiyo bilan Shimoliy Amerika, Xindi-Xitoy yarim orollari bilan Zond arxepelagi o‘rtasidagi quruqlik orqali aloqalar vujudga kelgan. Bu o‘sha yerlardagi hayvon va o‘simliklar migratsiyasi uchun imkoniyat yaratgan. To‘rtlamchi davrga kelib, odam paydo bo‘lgan. Odamning paydo bo‘lishi o‘simlik va hayvonot olamiga ta’sir etgan. Kaynazoy erasida sut emizuvchilar va qushlarning xilma-xil turkumlari idioadaptatsiya va uning aniq yo‘nalishlari bo‘lgan adaptiv radiatsiya tufayli ba’zi sut emizuvchilar daraxtlarda (dendrobiontlar), havoda (aviobiontlar), yer tagida (edafabiontlar), suvda (gidrobinotlar) yashashga moslashgan. Adaptiv radiatsiya qushlarda ham amalga oshgan.
Yuqorida organik olam tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlari bilan tanishildi.
Kaynazoy grekcha kaynos-yangi, zoye-hayot, ya’ni yangi hayot degan ma’noni bildiradi.

Yüklə 63,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin