9.Ishsizlarning xulq-atvori. Ishsizning xulq-atvoriga ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sir etadi. Ishsiz qolgandan keyin ba'zilar kuchli «falaj»ni boshidan kechiradilar va birinchi taklif etilgan ishni qabul qiladilar, ayrimlar esa «bardoshni» tanlaydi va kutadi. Ayrimlari o‘z umidini faqat bandlik tashkilotlari bilan bog‘laydilar, qolganlari esa mustaqil ravishda ish topishni tezroq va osonroq ko‘chadi deb hisoblaydilar.
Mehnat birjalarida nafaqat «yangilar», «veteranlar», balki «umidini uzgan»lar ham mavjud. Bu toifadagi shaxslar rasmiy mehnat bozorini tashlab, birjalar bilan aloqalarini uzib, hyech qaerda ro‘yxatdan o‘tmaydi.
Inson o‘z ishsizligining davomiyligini mujmal, noaniq omil sifatida anglaydi. Bir tomondan, vaqt tashabbus ko‘rsatmoq, birjadan «yoqadigan» axborot kelishini kutish, taklif qilingan ish joylaridan yaxshisini tanlash imkonini beradi. Boshqa tomondan, vaqt o‘tgan sayin inson o‘z malakasini asta-sekin yo‘qotib borishini, «ko‘tarilish» imkoniyati kamayishini sezadi.
Sotsial iqtisodiyot shakllanishi jarayonida aholi daromadlarining tartibga solinishi - eng dolzarb vazifadir, chunki ular odamlarning shaxsiy iste'molini qondirishning asosiy manbai va aholi turmush darajasining muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. shuningdek Shuningdeq aholining daromadlari iqtisodiyotning ahvoli va samaradorligini, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning yetuklik darajasini ham aks ettiradi.
Aholi daromadlarining shakllanishi ko‘plab omillar ta'siri ostida yuz beradi. Ular jumlasiga odamning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillarni, ya'ni uning mehnatga munosabatini, bilim, kasbiy va mehnat salohiyatini kiritish mumkin. Daromadlarning shakllanishida korxonaning mulkchilik shakli, uning tashkiliy-huquqiy shakli, korxona tarmog‘i, joylashgan o‘rni, jamoada sotsial mehnat munosabatlarining rivojlanganligi kabi omillar ham o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Daromadlar tarkibi va manbalari ko‘p jihatdan davlat to‘zilishi tizimi va iqtisodiyotning samaradorligi bilan ob'ektiv bog‘liqdir. Umuman ushbu omillar umuman iqtisodiy siyosatning va xususan daromadlar siyosatining yo‘nalishlarini belgilaydi.
Aholi daromadlarining shakllanishi va foydalanilishi jarayoni sotsial rivojlanishning har bir bosqichida o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bozoriy iqtisodiyotga o‘tish sharoitida O‘zbekistonda aholining shaxsiy daromadlari tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Aholi daromadlarining hozirgi tarkibi avvalo manbalarning turli-tumanligi bilan farq qiladi. An'naviy manbalar qatoriga yangilari tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan va boshqa daromadlar qo‘shildi. O‘zbekistonda keyingi yillarda vujudga kelgan pul daromadlari tarkibi hozircha rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlaridagidan farq qiladi, biroq u jamiyatda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni aks ettiradi. Islohotlar davrida mehnatga haq to‘lashning ulushi aholining umumiy pul daromadlarida jiddiy ravishda pasayib bordi: 1993 yildagi 82.3% dan 2003 yilda 56.6 % ga tushdi. Shu bilan bir vaqtda tadbirkorlik faoliyatidan va mulkdan olinadigan daromadlar ulushi ko‘payib 1993 yildagi 3.4% dan 2003 yilda 32% ga ko‘tarildi. Bozoriy islohotlar davrida ish haqi o‘zining asosiy xususiyatini - xodimlar va ular oilasining yashash vositasi jamg‘armasining asosiy qismi bo‘lish xususiyatini asta-sekin yo‘qotib bormoqda. Bu pasayish qandaydir darajada bandlikning yuqori emasligi bilan, (bandlik hozirda 37% ni tashkil etadi), byudjet sohasi va qishloq xo‘jaligi xodimlari ish haqining nisbatan pastligi bilan taqozolanadi, bu sohalarda band aholining 70% mehnat qiladi.
Bir tomondan ushbu tendensiyani ijobiy hodisa sifatida baholash mumkin, chunki bu aholining iqtisodiy faol qismidan anchasining tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasiga o‘tayotganligining oqibatidir.
Boshqa tomondan esa ushbu tendensiyaning salbiy oqibatlarini ham ta'kidlash zarur. Shular qatoriga ish haqining rag‘batlantiruvchi rolini pasayib borishini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu hol oila daromadlarning ikkilamchi va uchlamchi manbalarini izlashga undaydi, bu manbalar, ko‘pincha soliqdan yashirinib qolinadi. Bundan tashqari, ish haqining pact darajasi unumli ijodiy mehnatni rag‘batlantirmaydi. Ayniqsa, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘rtacha ish haqining past darajasi salbiy hodisa hisoblanadi, bu umumta'lim maktablarida o‘qitish hamda davlat sog‘liqni saqlash muassasalaridagi davolash sifati pasayishiga sabab bo‘ladi.
Biroq aholi daromadlarining tabaqalashuv darajasi hozircha ancha yuqori va bu jamiyatning sezilarli darajadagi, sotsial bir xil emasligini ko‘rsatadi. Bunday tabaqalashuvning sababi iqtisodiyotning turli sektorlarida va mamlakatning turli hududlarida daromadlar olishdagi tengsiz imkoniyatlar hisoblanadi. Toshkent va Navoiy viloyatlarining sanoati rivojlangan tumanlaridagi ish haqi darajasi respublikaning boshqa viloyatlaridagiga qaraganda yuqoridir. Daromadlarning tabaqalashuviga qishloq joylardagi yashirin ishsizlik ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Qishloqlarda esa mamlakat aholisining yarmidan ko‘prog‘i yashaydi va kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik yetarlicha rivojlanmagan.
Aholi daromadlarini yanada oshirib borish strategiyasi quyidagi ustuvorliklarni o‘z ichiga olishi lozim: birinchidan, ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholi bandlik darajasining oshuviga erishish; ikkinchidan bozor talablariga to‘liq mos ravishda xodimlarning ish hakining o‘sishi darajasini oshirib borish; uchinchidan, mehnat daromadlarini tartibga solish vositasi sifatida minimal ish haqining rolini ko‘tarish; to‘rtinchidan, iqtisodiyotning byudjet sektoridagi ish haqini oshirish.
Migratsiya so‘zi lotincha migro so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘chaman, o‘taman ma'nosini anglatadi. Aholining migratsiyasi deganda aholining harakatlanishi, u xududdan bu xududga yoki u tarmoqdan bu tarmoqqa o‘tishi, ko‘chishi tushuniladi. Kundalik hayotimizda aholi migratsiyasi deganda uning yashash joyini o‘zgartirish uchun ko‘chishi tushunilib kelinmoqda. Haqiqatda esa migratsiya aholining oddiy kuchishidan kengroq ma'noni bildiradi. Ilmiy adabiyotlarda aholining tarkibi, xududiy joylashishi, sohalar bo‘yicha taqsimlanishi, mehnatga qobiliyati va ahamiyatsiz aholiga bo‘linishi kabi masalalar ham uning migratsiyasiga oid nazariyada o‘rganiladi.
Aholi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat megratsiyasi ko‘chish yoki harakatlanish vaqtincha harakat quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
doimiy, ya'ni qaytmaydigan;
vaqtinchalik; * mavsumiy; * uzluksiz.
Aholining doimiy, ya'ni qaytmaydigan megratsiyasiga o‘zlarining yashash joyini, va shu bilan bog‘liq ish joyini doimiy muddatga o‘zgartirgan aholi qatlami kiradi. Bunday holatda ular ish va yashash joyini bir xududdan ikkinchi xududga almashtiradi.
Aholining vaqtinchalik migratsiyasiga o‘zining yashash va ishlash joyini ma'lum bir muddatga, lekin oldingi joyiga qaytib kelish sharti bilan o‘zgartirgan qismi kiradi. Masalan, hozirgi paytda aholining ayrim qismi vaqtincha ishlash uchun turli mamlakatlarga ketmoqda. U yerda ular 2-3 yil ishlab bari-bir shu yerdagi ishi va yashash joyiga qaytadilar. Ular aholining va mehnatning vaqtinchalik migratsiyasiga kiradi.
Aholi yoki mehnat migratsiyasi mamlakat hududida va undan tashqariga chiqib ketishi nuqtai nazaridan ikki guruhga bo‘linadi: * tashqi migratsiya; * ichki migratsiya.
Aholining tashqi migratsiyasiga bevosita bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga doimiy yashash va ishlash uchun kuchib ketishi tushuniladi. Bu aholi qatlami imigrantlar deyiladi. Agar aholi yashash va ishlash uchun ikkinchi mamlakatdan shu mamlakatga ko‘chib kelsa bular imigrantlar deyiladi. Emigrantlar va imigrantlarning umumiy yig‘indisi aholining tashqi migratsiyasini tashqil qiladi.
Aholining ichki imigratsiyasi bu davlat ichida sodir bo‘ladigan ko‘chish tushuniladi. Masalan, qishloqdan shaharga yashash va ishlash uchun kuchib kelish bilan bog‘liq urbonizatsiya jarayonini misol keltiramiz. Yoki shahardan qishloqqa kuchish jarayoni ham aholining ichki migratsiyasini tashkil qiladi. Bundan tashqari mamlakat ichkarisida bir xududdan ikkinchi xududga yoki bir shahardan ikkinchi shaharga ko‘chib o‘tish ham aholining ichki migratsiyasiga kiradi.