3-mаvzu: Ishsizlik iqtisodiy sotsiologiya predmeti sifatida. Ish haqi va migratsiya. Reja


Jahon aholisi va mehnat migratsiyasi



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə6/7
tarix17.05.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#115304
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Sirtqi

Jahon aholisi va mehnat migratsiyasi
Eramizning boshida yer qirrasida jahon aholisi 200 million kishini tashkil qilgan. 1000 yilda bu ko‘rsatkich 300 million kishiga yetgan. 2000-yilda esa 6127 million kishiga yetadi. Eramizning birinchi ming yilligida jahon aholisi 1,5 marta o‘sgan (300:200) bo‘lsa, ikkinchi ming yillikda ushbu ko‘rsatkich 20,4 marta (6127:300) ortgan. Ikki ming yil davomida jahon aholisining o‘sish sur'ati 30,6 martaga (6127:200) tashkil qigan. Jahon aholisi 1500 yilda 450 million kishini tashkil qilgan. Bu 1000 yilga nisbatan atigi 1,5 marta (450:300) ko‘paygan. Ammo bu ming yillikning ikkinchi yarmida jahon aholisi 13,6 martaga (6127:450) ko‘paygan. Agar shu davrdagi har yuz yillikni tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lamiz. Jahon aholisi 1600 yilda 480 millionni tashkil qilgan. Bu 1500 yilga nisbatan 106,7 foiz (480:450x100) ko‘p demakdir. 1600-1700 yillarda jahon aholisining o‘sish sur'ati 122,2 foizni, 1700-1800 yillarda - 160 foizni, 18001900 yillarda 181,8 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, asrimizda ya'ni 1900-2000 yillarda 382,9 foizni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, jahon aholisi o‘ng oltinchi asrda 106,2 foiz o‘sgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich yigirmanchi asrga kelib 382,9 tashkil qilgan. O‘sish sur'ati indeksi shu davr mobaynida 3,6 martaga (382,9:106,7) tengdir.
Jahonda shahar aholisi ham o‘sib bormoqda. Uning keskin o‘sishi oxirgi asrlarda ko‘zga tashlanadi. Bu ko‘rsatkich 1800 yilda dunyo bo‘yicha 3 foizni tashkil qilgan. Ellik yildan keyin, 1850 yilga kelib, jahon aholisining 7 foizi shaharlarda yashagan. 1900 yilda ushbu ko‘rsatkichning miqdori 14 foizga yetgan bo‘lsa, 1980 yilga kelib 46 foizni tashkil qildi. 2000 yilda shahar aholisining hissasi dunyo miqyosida 50 foizga yetishi ko‘zda tutilgan. Demak, shu yilda jahon aholisining 3063,5 millioni shaharlarda yashagan.
Eng yirik shaharlar deganda ko‘pincha millioner, ya'ni aholisi bir milliondan ortiq shaharlar tushuniladi. 1850 yilda jahonda ikkita millioner shahar (London va Parij) bo‘lgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va bir qancha demograf olimlarning hisobkitoblari bo‘yicha millioner shaharlarning soni 2000 yilda 300 taga yetadi. 1860 yilda eng yirik shahar London bo‘lgan. Unda 2,4 milion aholi yashagan. Ikkinchi o‘rinda Parij bo‘lib, unda 1,2 million aholi istiqomat qilgan. Uchinchi o‘rinda Nyu-York 0,5 million aholisi bilan, to‘rtinchi o‘rinni Vena 0,5 million aholisi bilan, beshinchi o‘rinni Berlin 0,4 million aholisi bilan egallaganlar.
Bu jahon miqyosida keskin urbanizatsiya jarayonining sodir bo‘layotganligidan dalolat beradi. Tahlil jarayonida yana shuni kuzatish mumkinki, oldinlari (1860 yillarda) yirik shaharlar asosan yevropa qit'asida bo‘lsa, endilikda eng yirik shaharlar Osiyo va Amerika qit'alariga to‘g‘ri kelmoqda.
Oxirgi paytlarda jahon miqyosidagi eng yirik shaharlarning soni ham, hajmi ham tez o‘sib bormoqda. Eramizning boshlarida aholining soni dunyo bo‘yicha 2 marta ko‘payishi uchun 700-800 yil talab qilingan bo‘lsa, endilikda 70-80 yillik muddat yetarli bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin