3-mаvzu: Ishsizlik iqtisodiy sotsiologiya predmeti sifatida. Ish haqi va migratsiya. Reja


Kadrlar masalasida sub'ektivizm (g‘arazgo‘ylik)



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə2/7
tarix17.05.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#115304
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Sirtqi

5.Kadrlar masalasida sub'ektivizm (g‘arazgo‘ylik). Ishsizlikning ilgarigi va yangi holatlari o‘rganilayotgan vaqtda ba'zi sotsiolog va iqtisodchilar quyidagi dalilni keltiradilar: ma'muriyat yoki ma'muriyat vakillari personalni bo‘shatish yoxud saqlab qolish vaqtida kasbiy-mehnat va iqtisodiy fikr-munosabatlardan, xulq-atvordan kelib chiqqan holda emas, balki shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari asosida qaror qabul qiladilar. Ishsizlikning individual va ijtimoiy sabablari borasidagi dalillar mehnat birjalarida ishsizlardan olingan intervyular, ish beruvchi va ishga yollanuvchi o‘rtasidagi rasmiy mehnat nizolari asosida qayd qilinadi.
Ishsizlikning shaxsiy sabablari asosan rahbar bilan xodim o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar nomuvofiqligi bo‘lsa, ijtimoiy sabablari – rahbarning xodimni xush ko‘rmasligi, ishchilarning millati, dini, siyosiy ahvoli bilan bog‘liqdir.
To‘liq va kafolatlangan bandlikning yana bir ijobiy xususiyati shundan iboratki, mehnat odamlarni individual va ijtimoiy tomondan diskriminatsiya qilishi mumkin emas.
6.Raqobat yoki birdamlik. Agarda ma'lum bir korxonaning ishchilarini bo‘shatish zarur bo‘lib qolsa, u holda buning yechimi quyidagi ikki holda aks etadi:
a) ishchilardan bir qismi ishdan bo‘shatiladi, qolganlariga esa ish vaqti va ish haqi saqlab qolinadi;
b) hamma ishchilar saqlab qolinadi, lekin ularning ish vaqti va maoshi qisqartiriladi.
Har ikki hol ham amaliyotdan ma'lum, lekin bular yuridik yoki iqtisodiy qonunlarga asosan emas, balki aynan ijtimoiy xulq-atvordan kelib chiqqan holga tayanadi.
Raqobat yoki birdamlik variantining yechimini tanlash ko‘p jihatdan rahbarning individual xususiyatlari va kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin asosiy omil – mehnat jamoalaridagi ijtimoiy-psixologik holatning o‘zi hisoblanadi.
Bandlik va ishsizlikka raqobat va birdamlik yondashuvlari muammosi makrodarajada ham namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda, savol tug‘iladi: har bir fuqaroning ish bilan bandligini ta'minlash mumkinmi? Mayli, u kam ish vaqti bilan band bo‘lib, kam ish haqi olsa ham? Agar bunga erishilsa, fuqorolarning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘ladi, ular orasida bu borada tenglik ta'minlanadi. Bordi-yu ishsizlik muqarrar bo‘lsa, uning ijtimoiy taqsimlanishi birdamlikka asoslansa bo‘lmaydimi? Chet ellik ba'zi mutaxassislarining ta'kidlashicha, hozirgi vaqtdagi ishsizlik xuddi shu tomonga ketmoqda. Statistik ma'lumotlar orqali odamlarning ko‘p qismi ishsizlik bilan «tanishyapti», lekin har bir ishsiz uchun ishsizlik davri qisqaryapti, ya'ni ishsizlikning ijtimoiy taqsimlanishi bir tekis bo‘la boshlayapti.
Ishchi kuchini qisqartirish zaruriyati tug‘ilib qolsa, ishchilar korxonadagi boshqa bo‘limlar, hamma kasbiy-malakaviy toifalar, aqliy va jismoniy mehnat bilan band bo‘lgan xodimlarning ham barobar qisqartirilishini talab qilishi mumkin. Lekin iqtisodiy va ishlab chiqarish nuqtai nazaridan bunday qilish mumkin emas.

Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin