3-mаvzu: Ishsizlik iqtisodiy sotsiologiya predmeti sifatida. Ish haqi va migratsiya. Reja


O‘zbekistonda aholi va mehnat migratsiyasiga oid vaziyat



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə7/7
tarix17.05.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#115304
1   2   3   4   5   6   7
3-mavzu Sirtqi

O‘zbekistonda aholi va mehnat migratsiyasiga oid vaziyat
O‘zbekiston aholisi esa 1897 yilda 3948 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 1997 yilga kelib esa 23,6 million kishiga yetdi yoki uning o‘sish sur'ati bir asrda 597,8 foizni tashkil qiladi. Asrimizning boshida, ya'ni 1900 yilda O‘zb\yekiston aholisini taxminan 4,0 million kishini tashkil qilar edi. Bu jahon aholisining 0,25 foizini (4,0:1600x100) tashkil qiladi degan gap.
Jahon aholisi XX asrda 3,8 martaga o‘sgan bo‘lsa, O‘zbekiston aholisi 6,4 martaga o‘sishi kuzatiladi. Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston aholisining o‘sish sur'ati jahon aholisining o‘sish sur'atiga nisbatan 1,7 marta (6,4:3,8) yuqoridir.
O‘zbekiston aholisi 1901-1940 yillarda ikkinchi jahon urushigacha 163,8 foiz (6551:4000x100) bo‘lsa, shu davrda jahon aholisi 141,3 foizga o‘sdi (2260:1600x100). Urushdan keyingi barqarorlashgan yillarda (1960-2000) O‘zbekiston aholisi 302,4 foiz (25,4:8,4x100) o‘sgan bo‘lsa, jahon aholisi atigi 203,3 foizga ortdi (6,1:3,0x100). Asrimizning birinchi 40 yilligida O‘zbekiston aholisining o‘sish sur'ati jahon aholisiga nisbatan 115,9 foiz ko‘p bo‘lgan (163,8:141,3) bo‘lsa, asrimizning oxirgi 40 yilligida bu ko‘rsatkichning miqdori 148,7 foizni (302,4:203,3) tashkil qiladi. Demak, O‘zbekiston aholisining o‘sish sur'ati jahon aholisining o‘sish sur'atiga nisbatan ancha yuqori ekanligini ko‘ramiz. Bu ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda XX asr mobaynida aholi 5 marta ruyxatdan o‘tkazilgan. Bu birinchi marta 1926 yil 17 dekabrda o‘tkazilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston aholisining 4660 kishi bo‘lganligi qayd etilgan. Ikkinchi marta aholining ruyxatga olinishi bundan 15 yil o‘tgach, ya'ni 1939 yil 17 yanvarda bo‘lib o‘tdi. Bunda O‘zbekiston aholisi 6440 ming kishi ekanligi qayd qilingan. Uchinchi marta aholini ruyxatga olish 1959 yiil 15 yanvar holatiga to‘g‘ri keladi. Bunda mamlakatimiz aholisi 8261 ming kishiga yetganligi qayd qilingan. To‘rtinchi marta 1966 yilda 1 yanvar holatida amalga oshirilgan bo‘lib 10569 ming kishini tashkil qildi va 1926 yilga (birinchi aholi ruyxati o‘tkazilgan davrga) nisbatan shu qirq yil davomida ikki martaba oshibdi. 1979 yil 15 yanvar holati bo‘yicha aholi qayta ruyxatdan o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston aholisi 15391 ming kishini tashkil qilishi qayd qilingan.
O‘zbekiston va jahon tarixida 1961-1970 yillarda aholining o‘sish sur'ati eng yuqori ko‘rsatkichga erishilgan. Navbatdagi 10 yilliklardan boshlab jahonda va xususan, O‘zbekistonda ham aholining o‘sish sur'ati pasayish tendensiyasiga ega. Ammo o‘sish sur'ati bo‘yicha O‘zbekiston aholisi jahon aholisining o‘sish sur'atiga nisbatan balandligicha qolmoqda. 1961-1970 yillarda O‘zbekiston aholisining o‘sish sur'ati jahon aholisining o‘sish sur'atiga nisbatan 19,5 band foiz ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, 1991-2000 yillarga kelib ushbu farq 7,6 band foizni tashkil qiladi. Tahlil qilinayotgan 40 yil davomida jahon aholisi 2,0 marta ko‘paygan bo‘lsa, O‘zbekiston aholisi 3,0 marta oshgan. Ushbu davrda O‘zbekiston aholisining o‘sish sur'ati jahon aholisining o‘sish sur'atiga nisbatan 1,5 barobar jadal o‘sganligini ko‘ramiz.
Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin