3
Yusuf Xos Hojib
(asl ismi Yusuf) – turkigo‘y shoir, mutafakkir, davlat arbobi.
«Qutadg‘u bilig» dostoni muallifi. Uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar beruvchi
yagona manba ham «Qutadg‘u bilig» kitobidir. Ushbu kitobga ko‘ra, u zamonasining barcha
asosiy ilmlarini atroflicha Urgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud
Koshg‘ariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniy – adabiy hayotdan o‘ziga
munosib o‘rin egallashi uchun kurashgan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim», 1069 – 1070) asari
islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham ko‘tardi. U
nafaqat turkiy halqlar adabiyoti an’analari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot
tajribalarini ham ijodiy o‘zlashtirgan holda yaratilgan. «Shohnoma» kabi mutaqorib vaznida
yozilgan va «Turkiy Shohnoma» nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va
to‘rtliklardan iborat).
Dostları ilə paylaş: