«Bo‘i jo‘i Mo‘liyon oyad hame» («Mo‘liyon arig‘ining isi kelmoqdadir») misrasi bilan boshlanadigan g‘azali unga
favqulodda shuhrat keltirgan. Shoirning
«Modari may» («Mayning onasi») qissasi, to‘la holda
«Sindbodnoma» (933), «Qarilikdan shikoyat» avtobiografik asarlari, shuningdek,
«Kalila va Dimna», «Davroni falak» va boshqa bir necha masnaviylaridan parchalar bizgacha etib kelgan.
Rudakiy fors – tojik she’riyatining deyarli barcha shakllarini ishlab bergan. Sharq
xalqlari she’riyatida keng tarqalgan dastlabki poetik janr – ruboiy (arab. – to‘rtlik) larni Rudakiy
va SHahidi Balxiy yaratgan. Qadimgi manbalarda Rudakiyning
«Oftob davroni», «Aroisan – nafois» («Nafis kurtaklar») va «Sindbodnoma» (933) dostoni bo‘lganligi haqida ma’lumotlar
uchraydi. Rudakiy va uning izdoshlari forsiy she’riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan
Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar.
Abulqosim Firdavsiy (taxm. 934 – Tus shahri – 1030)
Firdavsiy Abulqosim Tusiy – fors – tojik shoiri va mutafakkiri. Tus va Nishopur
shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va
pahlaviy tillarini chuqur o‘rgangan. O‘z davrining qomusiy olimi bo‘lib etishgani uchun ham uni
hakim deb ulug‘lashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi
asarlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan. Firdavsiy yoshligidanoq she’rlar mashq qila boshlagan. Bu
haqda ma’lumotlar bo‘lsa – da, she’rlarining o‘zi etib kelmagan. Uning
«Yusuf va Zulayho» nomli doston yozganligi ham haligacha munozarali. Firdavsiy otasidan qolgan yerda
dehqonchilik qilib kun kechirgan. Ba’zi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida
bo‘lgani ham aytiladi.
Bu davrda
turkiy adabiyot ham o‘z taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdi. Xususan,
turkiy adabiy tili eski o‘zbek va uyg‘ur tillarining vujudga kelishida ham muhim bosqich bo‘ldi.
Turkiy adabiyotni yuksaklikka ko‘tarishda