3-mavzu: IX-XIII asrlarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati (2 soat) Reja


IX-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda badiiy adabiyot rivoji



Yüklə 277,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.09.2023
ölçüsü277,84 Kb.
#150228
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu (m-)

1. IX-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda badiiy adabiyot rivoji. 
O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri 
madaniyati xususida gap borar ekan, bunda uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan badiiy adabiyot 
va uning ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi.
IX – XII asrlar davri madaniyati ayni paytda yuksak darajada ravnaq topgan badiiy 
adabiyot namoyandalari ijodida ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu davrda O‘rta Osiyoda 
forsiy
va 
turkiy adabiyotning
ajoyib durdona asarlari yaratildi. Garchi o‘lkada rasmiy davlat tili sifatida 
arab tili va uning grammatikasi hukm surgan bo‘lsa-da, biroq o‘lkada mustaqil davlatlarning 
tashkil topishi va rivojlanib borishi davomida fors va turkiy adabiyot ham o‘sib, uning zabardast 
vakillari ijodi sayqal topib bordi.
Somoniylar va g‘aznaviylar hukmronligi davrida yashab ijod qilgan 
Abu Abdullo 
Rudakiy, Daqiqiy, Abu Shukur Balxiy, Abulqosim Firdavsiy
kabi daho shoirlarning 
forsiydagi 
ijodi
fikrimizga dalil bo‘la oladi. 
Abu Abdullo Rudakiy 
(858, hoz. Tojikiston Res., Panjakent tumani



Panjrudak qishlog‘i – 941) 
Rudakiy
Abu Abdullo Ja’far – fors – tojik shoiri. Fors – tojik she’riyati asoschilaridan 
biri. Yoshligidan she’riyat va musiqaga ixlos qo‘ygan, adabiyotni, arab tilini o‘rgangan. 
Zamonasining mashhur cholg‘uchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa bo‘yicha ta’lim olgan; 
barbat, chang, ud, rud kabi cholg‘u asboblarini chalishni o‘rgangan. Rudakiyning she’riyat va 
musiqadagi mahoratini eshitgan Buxoro hukumdori Nasr II ibn Ahad Somoniy uni saroyga taklif 
etgan. Rudakiy Buxoroda vazir Abul Fazl Bal’amiy homiyligida ijod qilib, san’atda katta obro‘ 
qozongan. Rudakiy 40-yil saroyda shoirlarga boshchilik qilgan. Uning tug‘ma ko‘r bo‘lganligi 
haqida naqllar bor.
Manbalarda Rudakiy she’riyati 100 000 baytdan iboratligi qayd etilgan. Ammo hozirga 
qadar uning 1000 bayt asari (2 qasida, 50 ruboiy, she’r va dostonlari) etib kelgan. Rudakiy 
Movarounnahrda o‘z she’rlaridan devon tuzgan ilk shoir hisoblanadi. 

Yüklə 277,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin