3-mavzu: IX-XIII asrlarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati (2 soat) Reja


O‘rta Osiyo moddiy madaniyati va memorchiligi



Yüklə 277,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix28.09.2023
ölçüsü277,84 Kb.
#150228
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu (m-)

2. O‘rta Osiyo moddiy madaniyati va memorchiligi. 
IX asrda Somoniylar davlatining 
tashkil topgandan so‘ng XII asrga qadar asta – sekin Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va 
Xorazmshohlar davlati vujudga keldi. IX – XII asrlarda O‘rta Osiyoda ushbu mustaqil 
markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni, 
xususan san’at rivojini ta’minladi.
IX – XII asrlarda O‘rta Osiyoda moddiy madaniyat o‘ziga xos uslub va shakllarda 
to‘xtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me’morlar, naqqoshlar, 
kulollar, zargarlar, miskarlar tomonidan yurt dovrug‘ini olamga tanitgan ajoyib me’morchilik 
obidalari, san’at namunalari bunyod etildi. Me’morlik va san’at yangi taraqqiyot bosqichiga 
o‘tdi. Bu davrga kelib, me’morlik sohasida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qurish texnikasi 
mukamallashdi, qurilishda pishiq g‘ishtning keng qo‘llanilishi me’morlikning murakkab 
kompozitsiyalarini yaratish imkoniyatini berdi. Egri ravoqli tomlar bilan bir qatorda, gumbazli 
binolar qurilishi ham keng yo‘lga qo‘yila boshlandi. Pishiq g‘ishtlarni turlicha terish natijasida 
bino devorlarining o‘ziga xos bezagini yaratish tendensiyasi ortdi. Ark va yarimarklar 
me’morlikda eshik, darcha va tokcha — taxmonlarda ishlatila boshlandiki, bular ham shu davr 
binolarining o‘ziga xos ko‘rinishida muhim rol o‘ynadi. Bu davrda naqshinkor mehmonxonalar, 
kurkam istirohat bog‘lari hamda antiqa hovuzlar bunyod etildi, bular so‘zsiz, keyingi madaniy 
taraqqiyotda muhim rol o‘ynadi.
IX – XII asrlarda O‘rta Osiyo (musulmon)
me’morchilik san’atiga xos atamalar: 
Peshtoq
— madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy va boshqa binolarning old tomoni — 
kirish qismi.
Gumbaz — 
qubba shaklidagi suyri fazoviy hajmdagi tom.
Ravoq
toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik o‘rinlarining yuqori 
qismiga qo‘yiladigan mehrobiy yoysimon qurilma.

Yüklə 277,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin