3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
3-topic (1)

 

4. Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida namoyon 

bo’lishi 

 

Axloqiy madaniyatda  yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu  - 

etiket.  U  ko’proq  insonning  tashqi  madaniyatini,  o’zaro  munosabatlardagi  o’zini  tutish  qonun-

qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy 

yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega  bo’lsa, etiket muayyan 

holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo’yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. 




Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala 

qonun-qoidalarini  o’z  ichiga  oladi.  Masalan,  siyosiy  arbob  etiketi,  mehmondorchilik  etiketi  va 

h.k.  Etiketga  rioya  qilishning  mumtoz  namunasini  biz  tez-tez  televizor  ekrani  orqali  ko’rib 

turamiz.  Bu  jarayon  ayniqsa,  davlat  rahbarlariga  horijiy  mamlakatlar  elchilarining  ishonch 

yorliqlarini topshirish marosimlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Unda faqat bir xil holat, xalqaro 

miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi 

yo’q.  Yoki  juda  oddiy,  kichkina  bir  misol:  dasturxonda  tanovul  payti,  pichoqni  o’ng  qo’lda 

ushlash  zamonaviy  mehmondorchilik  etiketining  qat’iy  qoidalaridan  biri  sanaladi  -  uni  buzish 

atrofdagilarda  hayrat  va  istehzo  uyg’otadi.  Shu  bois  etiketni  odat  tusiga  aylantirilgan, 

qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin. 

Etiketning  bunday  zamonaviy  ko’rinishlari  bilan  birga,  shunday  milliy-an’anaviy 

shakllari  ham  borki,  ularsiz  millat  madaniy  hayotining  tasavvur  qilish  qiyin.  Masalan, 

salomlashish  odobini  olib  ko’raylik.  Etiketning  bu  turiga  ko’ra,  ko’chadan  o’tib  ketayotgan 

odam, ko’cha bo’yida o’tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o’ng qo’l 

chap ko’krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa engil ta’zimga egilishi lozim. 

Ko’rishish  etiketida  esa  qo’lning  uchini  berib  salomlashish  ko’rishayotgan  odamga 

nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikni bildiradi - odobdan emas. Ko’rishganda  yosh  yoki martaba 

nuqtai  nazaridan  katta  kishi  birinchi  bo’lib  qo’l  uzatishi  lozim;  ayollar  bilan  ko’rishganda  ham 

erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmog’i talab qilinadi. 

Milliy  mentalitetda  marosimlar  etiketi,  ayniqsa  katta  ahamiyatga  ega.  To’y  marosimida, 

xususan,  qiz  bilan  ota-onaning  xayrlashuvi,  nikoh  kechasiga  kirib  kelishda  kuyovning  kelinni 

chap  tomonda  tutib,  to’yxonaga  boshlab  kirishi  v.h.  etiket  qonun-qoidalari  to’liq  bajarilishi 

lozim.  Yoki  aza  marosimida  fotihaga  kelgan  odamlarni  milliy  to’n  va  do’ppi  kiygan,  belbog’ 

bog’lagan  holda,  qo’l  qovishtirib,  boshni  bir  bu  quyi  tutgan  tarzda  kutib  olish  qat’iy  qoidaga 

asoslanadi.  Bular,  bir  qarashda,  etiketning  milliy  yoki  kasbiy  udum,  odat,  rasm-rusmlardan 

fparqi  yo’q  ekan,  degan  taasurot  qoldirishi  mumkin.  Bu  yuzaki,  yolg’on  taassurot.  CHunki 

udum,  odat,  rasm-rusmlar  muayyan  darajada  erkinlikka  ega,  ba’zan  ularni  bajarmaslik  ham 

mumkin. Lekin etiketda buning imkoni yo’q – etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega. 

Etiketning  yana  bir  alohida  jihati  bor:  unda  odob  bilan  go’zallikning  uyg’unligini 

ko’rishimiz  mumkin,  qat’iy  odob  qonun-qoidalari  chiroyli  xatti-harakatlar  vositasida  amalga 

oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog’liq, aniqrog’i, o’zni tutish estetikasi talablariga 

javob beradi. 

SHunday  qilib,  etiket  -  takallufning  mayda-chuyda  jihatlarigacha  ishlab  chiqilgan  odob 

qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, 

u  asl  axloqiy  asosini  yo’qotgan  majburiy  mulozamat  tarzida  ham  namoyon  bo’ladi:  etiket 

qoidalarini  bajarayotgan  kishi  aslida  o’z  xohish-ixtiyoriga  qarshi  ish  ko’rayotgan  bo’lishi  ham 

mumkin.  Bu  jihatdan  u  munofiqlikning  bir  ko’rinishiga  aylanadi.  Masalan,  siz  biror  yoqqa 

shoshilib,  darvozadan  chiqdingiz,  deylik.  Ro’parangizda  tanishingiz  yoki  qo’shningiz  uchraydi. 

Siz ko’rishib, hol-ahvol  so’rashib, so’ng sharqona etiketga rioya qilib uni: “Qani  uyga kiramiz, 

choy  qilamiz,  bir  hangomalashamiz”, deb  ichkariga taklif  qilasiz.  Lekin,  aslida,  siz  uning  uyga 

kirishini  aslo  istamaysiz,  vaqtingiz  yo’q,  hatto,  shu  uchrashganda  ketgan  vaqtingizni  o’ylab, 

pitirlab turibsiz. 

Demak, siz o’z istagingizga qarshi, etiket-mulozamat yuzasidan yolg’on gaplarni aytasiz, 

xunuk  eshitilsa  ham  na  chora  -  munofiqlik  qilasiz.  SHunga  qaramay,  umuman  olganda,  etiket 

shaxsni  muayyan  tartib-qoidaga,  qanday  ichki  ruhiy  sharoitda  bo’lmasin,  bosiqlikka, 

muloyimlikka va sabr-toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir. 

Xalqaro  etiketning  asosiy  xususiyatlari  uning  universalligidadir.  Turli  mamlakatlar 

vakillarining,  siyosiy  qarashlar  va  turli  dinlarga  e’tiqodning,  milliy  an’analar  va 

ruhshunoslikning,  turli  hayot  tarzi  va  madaniyatlarning  bevosita  muloqotlari  xalqaro  etiketning 

asosini  tashkil  etadi.  Har  bir  millatning  ehtirom  qoidalari  bu  milliy  urf-odatlar  va  xalqaro 

etiketning murakkab uyg’unligidir. 



Bugungi  kunda  zamonaviy  xalqaro  etiket  barcha  mamlakatlar  va  o’tib  ketgan  avlod-

ajdodlar madaniyatining eng qimmatbaho qismini o’zlashtirib kelmokda. Uning rivojlanib borish 

jarayoni  davomida  u,  turli  mamlakatlar  vakillari  muloqoti  orqali  xalqlarda  mavjud  eng  yaxshi 

ehtirom me’yorlarni mujassam qilgan holda boyitilib bormoqda. 

Har  bir  mamalakat  o’z  etiket  tamoyillariga  ega  va  ular  xalqaro  etiketning 

ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, quyidagilar: 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin