Amerika Qo’shma Shtatlari. Amerikada o’z fikrini to’g’ridan-to’g’ri mumkin qadar
ochiqchasiga bildirish qabul qilingan. Amerikaliklar o’zlari nima haqida o’ylasalar, hamisha
Shuni gapiradilar. Boshqa xalqlarda keng tarqalgan tildagi chuqur ma’no, mubolag’a
amerikaliklarni to’g’ri fikrdan yanglishtiradi: ular har bir jumlani so’zma so’z qabul qilishga,
aniq ekanligiga ishonch hosil qilib, tushunmagan narsani qabul qilmaslikka o’rganib qolganlar.
Amerikaliklar uchun eng asosiysi bu individuallik va shaxs huquqidir. Shu bilan birga,
ularning xususiyatlaridan biri, bu to’g’ri so’zlik va samimiylikdir. Amerikaliklar sodda va qulay
kiyinishni, o’zaro oddiy va norasmiy muloqotni hamda korxonalarda rahbar va ishchilar
o’rtasida demokratik munosabatda bo’lishni afzal ko’radilar.
Amerikaliklar sog’lom, harakatchan, o’ziga ishongan, o’zlashtiruvchan bo’lib ko’rinishga
harakat qiladilar. Ular vaqtni tejab, punktuallikni qadrlaydilar. Kechga qolishga yo’l
qo’yilmaydi, kechga qolish hech bir narsa bilan oqlanmaydi. Muzokaralarda ular tezda asl
maqsadga o’tadilar va rasmiyatchilikka vaqt ketkazishni yoqtirmaydilar. Muzokaralar qisqa
fursatli, yuzma-yuz olib boriladi va professionalizm va maqsad sari intilishlarga qaratilgan
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |