Buyuk
Britaniya.
Inglizlarning
asosiy
fazilatlariga
o’z-o’zini
tuta
bilshi,
aytmoqchi bo’lgan gaplarini oxirigacha suhbatdoshiga yetkazmaslik, o’z muammolarini ichida
saqlab yurish qobiliyati, yetarli darajada ochiq emaslik, mulkni qadrlash, mustaqil bo’lish
xususiyatlari kiradi. Fikr almashganda inglizlarning bosiqligi — suhbatdoshga bo’lgan hurmat
belgisi. Suhbat davomida inglizlar qat’iy tushunchalardan voz kechib, “menimcha”, “mening
fikrimcha”, «men o’ylaymanki» kabi tushunchalarni ishlatadilar. Suhbatdoshning gapini hech bir
inkorsiz tinglash, gapiralayotgan fikrga rozilikni bildirish emas, aslo. Inglizlarning fikricha,
barcha hayotiy voqealarda o’zini tuta bilish insonning asosiy fazilatidir.
Muzokaralar odatda qisqa ob-havo to’g’risidagi yoki dunyo va mamlakat, sport
yangiliklari haqidagi xabarlardan boshlanadi. Ob-havo haqida suhbatlashish inglizlar uchun
nafaqat suhbat uchun eng qulay mavzu hisoblanadi, balki asosiy mavzuga o’tishga yoki suhbat
davomida paydo bo’ladigan bo’shliqlarni to’ldirishga yordam beradi.
Angliyada ko’rishganda, ayollar qo’lini o’pish va hamma borligida “naqadar go’zal
libos!”
yoki
“juda
ajoyib
tort!”
kabi
maqtovlar
juda
noo’rin
hisoblanadi.
Stol atrofida alohida suhbatlar qurish mumkin emas. Barcha o’tirganlar gapirgan kishini tinglashi
va notiq o’z navbatida, boshqalarga eshitarli qilib so’z yuritishi zarur.
Germaniya. Germaniyada ehtirom, yaxshi muomala, sipo va kamtar kiyinish uslubi,
murojaatlarda shartliliklarga amal qilish, aniqlik va ishbilarmonlik qadrlanadi. Germaniyaliklar
o’z hurmatlarini biladilar hamda Germaniya Yevropa yuragi ekanligini hamisha yodlarida
tutadilar. Muomala qilinayotgan paytda daraja va familiyalarni aytish qabul qilingan. Har bir
muomaladagi shaxsning titulini aytib kyetish muhimdir. Agar titul noma’lum bo’lsa, “doktor
janoblari” deb murojaat qilish mumkin.
Germaniyada yoshi kattaroq yoki mansabi yuqori bo’lgan shaxsning tashabussi bilan
kelishib olinmagan bo’lsa, “sen”, deb murojaat qilish tavsiya etilmaydi. Qo’l berib salomlashish
keng tarqalgan bo’lib, hatto qisqa muddatlik hayrlashish chog’ida ham keng ishlatiladi. Ayollar
qo’l berish istagini bildirgunga qadar kutib turish tavsiya qilinadi. Odatda taklif etilganlarning
hammasi bilan qo’l berib salomlashish keng tarqalgan. Istisnoni juda ko’p kishilar taklif etilgan
hollar tashkil etadi.
Restoranda atrofdagi taklif etilganlar, hatto noma’lum shaxslar bilan “Yoqimli ishtaha”
ma’nosini anglatuvchi tushunchalar bilan salomlashiladi. Biror ichimlik iste’mol qilishdan avval
bokal ko’tarilib, mezbon bokali bilan urishtiriladi (ammo, masalan, Fransiyada bokal ko’tariladi,
lekin urishtirilmaydi).
Dostları ilə paylaş: |