3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/48
tarix30.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#56727
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
3-topic (1)

Yaponiya. Yaponiya har doim o’zining an’anaviy  yapon xushfe’lligi va xushmuomaligi 

bilan  tanilgan.  Yaponiyada  yoshu  qari  past  ovozda  gaplashadi.  Yaponlarda  birmuncha  issiqlik 

bo’lmasa-da,  juda  xushmuomala  xalq  hisoblanadilar.  Yaponlar  uchun  xushmuomalik  va  odob-

axloq qoidalari deyarli muqaddas hisoblanadi. 

Yapon  etiketi  ma’nosini  tushuntirish  uning  tamoyillaridan  boshlanadi.  Yaponlarning 

oilaviy  kutubxonasida  boshqa  adabiyotlar  bilan  birga  etiket  bo’yicha  ko’rgazmali  kitoblar, 

xushfe’llilik  qonunlarini  o’rganish  uchun  amaliy  qo’llanmalarni  uchratish  mumkin.  Idoralar  va 

hukumat muassasalarida yangi xodimni ishga qabul qilishdan oldin, uning etiket qoidalarini qay 

darajada bilishini tekshiradilar. Yapon etiketi insoning uyda, ko’chada, ishda qanday tuta bilishi 

kerakligini belgilaydi. 

Yaponlar  choyni  qanday  uzatishni,  qanday  kiyinishni,  bosh  kiyimlardan  qanday 

foydalanishni bilishlari shart. Yevropa etiketidan farqli o’laroq, yapon etiketi qoidalari bo’yicha 

zinadan  harakatlanayotganda  erkak  kishi  chap  tarafda  turishi,  zinadan  ko’tarilayotgan  paytda 

erkak  kishi  ayol  kishidan  avval,  zinadan  tushayotgan  paytda  esa  erkak  kishi  orqada  bo’lishi 

kerak. Yaponlar xushmuomala va o’zini qo’lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun boshqa dunyo 

xalqlari  kabi  etiket  qoidalari  juda  muhimdir.  Yaponlar  o’zlarining  an’analariga  boshqalarning 

rioya  qilishini  majburiy  deb  hisoblamasalar-da,  ularga  rioya  qilganlarga  nisbatan  samimiy 

minnatdorchilik bilan muomalada bo’ladilar. Yaponiyada bosh egib so’rashish an’anasi hali ham 

keng tarqalgan bo’lgani uchun mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish 

tavsiya qilinadi. 



Xitoy.  An’analarga  alohida  yondashish,  tartib,  o’rnatilgan  qoida  va  an’analarga  amal 

qilish  uning  xulq  va  odob  ta’limotining  asosi  bo’lib  qolgan.  Hozirgi  paytda  konfutsianlik 

shartlari  va  insonlar  o’rtasidagi  munosabatlarning  jiddiy  vertikal  tizimi  ortda  qoldi.  Muomala 

qilish,  xulq-atvor  tamoyillari,  kiyim  shartlari  jamoat  ierarxiyasiga  bog’liq  bo’lmagan  holda 

qat’iylik  tusini  yo’qotdi.  Ayollar  erkaklar  kabi  bir  xil  imtiyozlarga  ega  bo’ldilar.  Shu  bilan 

birgalikda,  kattalarga  hurmat  va  milliy  madaniyat,  tarix,  adabiyotga  nisbatan  e’tibor  tuyg’ulari 

saqlanib  qoldi.  Shuni  yodda  tutish  kerakki,  Xitoyda  etiketning  asosiy  xususiyati 

xushmuomalalikdir. 

Xitoyda 

yoshi  katta 

yoki 

notanishShaxslar  bilan  muomualada 



“siz”,  deb 

muloqotda bo’lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar asosan muloqotda 

bo’lganda “sen”, deb muomalada bo’ladilar, bu, o’z navbatida, rus yoki, masalan fransuz kishilik 



olmoshiga  to’g’ri  keladigan  to’liq  analog  bo’lib  hisoblanmaydi.  Muloqotda  Shaxs  hurmat 

yuzasidan ikkinchi  Shaxsga nisbatan kishilik olmoshi o’rniga  —  janob  (xonim) va familiyasini 

qo’shib murojaat qilishi mumkin. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin