Ijtimoiy
adolat
jamiyatda
demokratiyaning
mavjudligi,
insonning
ijtimoiy
himoyalangani, barchaning qonun oldida tengligi, shuningdek fuqarolarning ish bilan
ta’minlangani, tibbiy xizmat, uy-joy, ta’lim, madaniy ne’matlarga daxldorligini anglatuvchi
ijtimoiy tizimdir. Ijtimoiy adolat real qadriyat bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining uzviy qismi
hisoblanadi. Shuningdek, insonning ijtimoiy himoyalangani ham fuqarolik jamiyatining barqaror
rivojini ta’minlaydigan adolat omilidir.
Barchaning qonun oldidagi tengligi fuqarolik jamiyati hayotidagi muhim omildir.
Fuqarolik jamiyatida insonni inson qiladigan ijtimoiy adolatning asosi ta’lim, tibbiy xizmat, uy-
joy, mehnat kabi ne’matlardan hamma uchun erkin foydalanish imkoniyatining mavjudligidir.
Inson doimo jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lishga intilib yashaydi, bu – uning asosiy
ehtiyojlaridan biri.
Fuqarolar huquq va burchlarining o‘zaro mosligi ham fuqarolik jamiyatidagi adolatli
munosabatlarni aniq izga soluvchi omildir. Bundan nafaqat jamiyat, balki shaxsning o‘zi ham
katta manfaat ko‘radi. Ana shu moslik tufayligina inson boshqalardan hurmat va e’tirof kutishga
haqli. Jinoyatga yarasha jazo tizimi bo‘lmagan sharoitda har qanday jamiyat taraqqiyot borasida
qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Agar jinoyatni jazosiz qoldirmaydigan tizim ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish kuchiga ega bo‘lsa, mehnat va uning baholanishi
o‘rtasidagi moslik iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. Bugungi zamonaviy jamiyatni ana
shunday moslik qoidalarisiz tasavvur etish mushkul. Bu moslik butun iqtisodiy tizimning
poydevorini tashkil etadi. Shu bois jamiyatning iqtisodiy negizlarini turli tahdidlardan himoya
qilish ichki ishlar idoralari xodimlarining asosiy vazifasidir.
Adolat prinsipi masalaga qonun ustuvorligi, odillik nuqtai nazaridan xolis yondashish,
haqiqatni bosh mezon deb bilish, shu yo‘lda beminnat xizmat qilishdir. Adolat prinsipiga amal
qilib, mamlakatimizda inson, uning huquq va manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida ro‘yobga
chiqarish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu o‘zgarishlar
yurtimizda ijtimoiy adolat va demokratik prinsiplarni chuqur qaror toptirish bilan uzviy va
chambarchas bog‘liq. Adolat prinsipi alohida inson xatti-harakatidan tortib, mamlakatdagi
ijtimoiy-siyosiy institutlargacha bo‘lgan keng miqyosdagi munosabatlar tizimiga bir xilda
yondashishni taqozo etadigan noyob ijtimoiy hodisadir. U ba’zan qarama-qarshi va ziddiyatli
holatlarga sabab bo‘ladi, lekin oxir-oqibatda haqiqatni yuzaga chiqaradi.
Adolat prinsipi real ijtimoiy mexanizmga ega. U, avvalo, barqarorlik va ijtimoiy
hamjihatlikni ta’minlashning eng muhim omilidir. Adolat prinsipi jamiyatning o‘ziga xos “asab
tolasi” bo‘lib, odamlarning ijtimoiy kayfiyatini yaqqol ifoda etadi. Ayni paytda u jamiyatdagi
ezgu niyatli kuchlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan ta’sirchan va samarali qadriyatdir.
Bugun jamiyatimiz o‘zining ijtimoiy adolat konsepsiyasiga ega bo‘lib, bunda xalqimizga
azaldan xos bo‘lib kelgan adolatga ishonch va ehtirom tuyg‘usi ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiyotda adolat prinsipining asosiy qoidasi – qo‘shilgan hissa va olingan ulush
mutanosibligi, manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash.
Demokratik prinsiplar esa muvozanatga keltirish vositasi rolini bajaradi. Adolat
prinsipining ratsional ahamiyatini oshirish uchun aniq me’yorlar, o‘lchovlar talab etiladi. Jamiyat
boyligiga qo‘shilgan hissa va undan olingan ulush mutanosibligi demokratik me’yorlarga ham
mos keladiki, bu iqtisodiyotda
– mehnat va ish haqi;
siyosatda boshqaruvdagi ishtirok va burch;
huquqda – erkinlik va zarurat, huquq va burch, jinoyat va jazo;
ijtimoiy sohada – insonning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzi, ijtimoiy maqomining real
mehnat natijalari, qobiliyat va salohiyatiga qanchalik mos ekanida namoyon bo‘ladi. Adolatning
boshqa jihatlari ham demokratik mazmunga ega.
Ular jamiyatning barcha a’zolari uchun umumiy va bir xilda tatbiq etilishi mumkin.
Amerikalik sotsiologlar R. Xyusman va D. Xetfild “adolat omili” tushunchasini asoslab, uni
amalga oshirishda qo‘l keladigan qoidalarni keltiradi. Bular quyidagilar:
1) inson o‘zgalar bilan munosabatini o‘zining jamiyat ishiga qo‘shgan hissasi va buning
evaziga oladigan ulushini taqqoslash orqali baholaydi;
2) qo‘shilgan
hissa
va
olingan
ulushning
nomutanosibligi
norozilikka
sabab bo‘ladi;
3) inson
o‘ziga
tegayotgan
ulushdan
qoniqmasa,
o‘zicha
adolatni
tiklashga harakat qiladi.
Xullas, ijtimoiy adolatning mazkur qoidalari jamiyatning barcha a’zolari uchun
umumiyligi va bir xilda tatbiq qilinishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, bu qoidalar ijtimoiy
uyg‘unlikning zaruriy asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |