Obro’-e’tibor ma’naviy tamoyil bo’lib, insonning ma’naviy sifatlari, mehnat faoliyati,
nasl-nasabi, bilimi yoki kasbiy mahoratiga o’zgalartomonidan berilgan yuksak baho. Boshqacha
aytganda, obro’ insonning ruhiy psixologik, intellektual va amaliy xatti-harakatini ko’pchilik
ortishi ko’p omillar bilan belgilanadi. Ezgu maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilgan ishlar inson
obro’si oshishiga, buzg’unchi, yovuz maqsadlar esa uning obro’si pasayishiga zamin hozirlaydi.
Katta-kichikligiga ko’ra obro’ o’ziga xos darajalarga bog’liq va uning shakllanishi shaxsning o’z
oldiga qo’ygan maqsadlariga borib taqaladi. Shaxs maqsadlari va amalga oshiradigan ishlari
guruh bilan bog’liq bo’lib, olinadigan obro’ ham shu
guruh darajasida, jamiyatga tegishli bo’lgan
jamiyat, davlatga tegishli bo’lgan davlat, tamaddunga tegishli bo’lgan tamaddun darajasida
bo’lishi mumkin.
Shuningdek, obro’ alohida yoki bir necha sohalarga tegishli bo’lishi mumkin. Masalan,
tibbiyotda orttirilgan obro’ asosan shu va shu sohaga yaqin soha vakillari o’rtasida namoyon
bo’ladi. Masalan, Nobel mukofotini olganlar orasida ko’p soha vakillari bor. Lekin ularni hamma
ham bilmaydi, ular ma’lum soha mutaxassislari o’rtasidagina yuksak obro’ga ega. Biroq, ayrim
mashhur shaxslar muayyan sohada jahon ilm-fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasi tufayli
butun insoniyatning e’tirofiga sazovor bo’ladi, ularni barcha yaxshi biladi va hurmat qiladi.
Masalan, Mirzo Ulug’bekning astronomiya sohasidagi kashfiyotlari, Alisher Navoiyning
adabiyot, xususan, she’riyatdagi ijodi ularning jahon miqyosida obro’ qozonishlariga sabab
bo’lgan.
Bundan tashqari, obro’ guruh, jamiyat davlat, mintaqa, shahar darajasida ham namoyon
bo’lishi mumkin. Masalan, tarixda Buxoro – “quvvatul din val islom”, Samarqand – “sayqali
ro’yi zamin”, Shahrisabz – “qubbatul ilm val adab” deya e’zozlangan bo’lsa, Xorazm
me’morchilik va san’at, Toshkent qurolsozlik, Farg’ona dehqonchilik madaniyati bilan obro’
qozongan. O’rta Osiyo esa madaniyatlar tutashgan mintaqa sifatida ma’lum va mashhur bo’lgan.
Obro’ “nom qozondi”, “oti chiqdi”, “dovrug’ taratdi”, “hurmat e’tibor topdi”, “shon-
sharafga erishdi”, “tillarda doston bo’ldi” kabi atamalar orqali ham ifodalanadi. Obro’ – inson
xizmati tan olinganini ifodalovchi o’ziga xos mezon. Hozir G’arbda, odatda, zohiriy obro’
ko’rsatkichlari sifatida shaxsning moddiy farovonligi, turar joyi, avtomobil markasi, matbuotda
tilga olinishi, oilaviy shifokori va ruhshunosining mavjudligi, kasbiy muvaffaqiyati va
boshqalarga egaligi e’tiborga olinadi. Sharqda esa, bundan farqli o’laroq, shaxsning el-yurt
oldidagi xizmati, ma’naviy yutug’i yoki xalq orasida topgan e’tibori, odamlarga ko’rsatadigan
tarbiyaviy ta’siri kabilar obro’ning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: