hisobdan chiqarish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g’alla hosili uchun sarflangan barcha
xarajatlar fermer xo’jaligining mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
Fermer xo’jaliklari elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar yetkazib
beruvchilar va fermer xo’jaliklariga xizmatlar ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida hisob-kitob
qilishlari lozim.
Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi. Fermer xo’jaligining ishlab
chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig’imlar hamda
boshqa
majburiy to’lovlar to’langandan, elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral
o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmat
ko’rsatuvchilar bilan o’z vaqtida va to’liq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer
xo’jaligining ixtiyoriga o’tadi.
Shartnoma shartlari bajarilmaganligi natijasida fermer xo’jaligiga yetkazilgan zarar uning
mol- mulki va boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: