shug’ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt
hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab
yuridik shaxs maqomini oladi va o’z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda
bo’lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo’lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami
ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo’lish huquqini oladi, sudda da’vogar va
javobgar bo’lishi mumkin.
Fermer xo’jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo’jaliklari yuzasidan
javob bermaydi.
Fermer xo’jaligi o’z majburiyatlari bo’yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktasiya
shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib
berilgan moddiy-texnika
resurslari va ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida haq to’lash yuzasidan majburiyatlari
bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulki bilan javob
beradi.
Fermer xo’jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat
organlari tomonidan olib
qo’yilishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari yo’l qo’yilmaydi,
Dostları ilə paylaş: