xo’jaliklarining) tarmoq yalpi mahsulotidagi ulushini 2005 yildagi 14,0 foizdan 2013 yilda 2,0
foizgacha yoki 12,0 foizli qisqarishiga olib keldi. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni
rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ularning
barqaror va samarali
rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
1-chizma
Xo’jalik yuritish toifalari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish tarkibi
(2005-2013yy.) (%da)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan shirkat xo’jaliklari muayyan kamchiliklarni bartaraf
etishning yagona va maqbul yo’li ularni fermer xo’jaliklariga aylantirish ekanligida namoyon
bo’ldi. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarori
qabul qilinib, unga ko’ra, 2005-2007 yillar mobaynida zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va
istiqbolsiz 1110 shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish hamda shu davr
mabaynida qishloqlarda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirishning yangi
dasturi ishlab chiqildi. Jumladan, 2005 yilda 406 ta, 2006 yilda 370 ta, 2007 yilda 334 ta
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari
tugatilib, ularning negizida tanlov asosida146914 fermer
xo’jaliklari tashkil etildi.
Prezidentimizning 2006 yil 9 yanvardagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3709-sonli Farmoni
ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavotchilik va
uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-
255-sonli qarori qabul qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga
yuksak darajada davlat e’tibori qaratila boshlanganligidan dalolat beradi.
Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan
shirkat xo’jaliklari o’rnida fermer xo’jaliklari ochiq va adolatli tanlovlar o’tkazish yo’li
bilan
tashkil etilib, mavjud bog’ va uzumzorlar kimoshdi savdosida sotilishi va bog’lar joylashgan yer
maydonlari uzoq muddatli ijara asosida fermerlarga biriktirilishi, bog’dorchilik sohasida ham
fermer xo’jaliklarining keng rivoj topishini ta’min etdi.
Ammo, bog’dorchilik yo’nalishida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari o’lchamlari juda
kichikligi (o’rtacha 1,5-2,5 ga) bilan birgalikda, yirik qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta
tashkil etish natijasida bitta shirkat xo’jaligi o’rnida 300-400 fermer xo’jaliklari paydo bo’lishi
yetishtirilgan mahsulotni tayyorlash, tashish,
saqlash va sotish, shuningdek, moddiy-texnika
ta’minoti borasidagi fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirishda bir qator muammolar yuzaga
keladi. Shu bois bunday muammolar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud muammolarning
samarali yechimlarini topish maqsadida fermer xo’jaliklari
va hududdagi boshqa qishloq
xo’jaligi korxonalari, qayta ishlovchilar, savdo va transport tarmog’i korxonalari tomonidan
ixtiyoriylik asosida agrosanoat firmalari tashkil etildi.
Yangidan tashkil etilgan bog’dorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari yagona yer solig’i
to’lashdan 5 yil muddatga; fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat ko’rsatish sohasi
korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan
agrosanoat firmalari esa
daromad (foyda) solig’i to’lashdan, yer solig’i, mulk solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (importga
qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan - 3 yil muddatga ozod
qilindi.
Ayni paytda soliq solishdan bo’shaydigan mablag’lar maqsadli ravishda meva-sabzavotni
qayta ishlash sohasini rivojlantirish, yangi bog’ va uzumzorlar yaratish, kengaytirishga
yo’naltirilishi
qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu tadbirlar yangi bog’ va uzumzorlar
barpo etilishini hamda
mavjudlarining hosildorligini oshirishni, agrosanoat firmalari tashkil qilishni rag’batlantiruvchi
muhim iqtisodiy dastak vazifasini o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal
rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida"
2004 yil 4 noyabrdagi F-2069-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xo’jaliklarini jadal
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal
rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilinib, mazkur qarorga binoan
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda
maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini 2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklariga aylantirish dasturi; 2005
yilda fermer xo’jaliklariga aylantiriladigan istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari ro’yxati; 2005-2007
yillar davrida qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi
tasdiqlandi.
Dostları ilə paylaş: