3-mavzu: marketing faoliyatini



Yüklə 143,84 Kb.
səhifə7/9
tarix18.05.2023
ölçüsü143,84 Kb.
#115856
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3.Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash

Tadbirni tayyorlash (axborot hajmini aniqlash, oldindan tadqiq qilish, so’roq rejasini tuzish).
So’roq anketasini tayyorlash (test savollarni tuzish, testlarni tarqatib kuzatuv o’tkazish)
So’rovnoma o’tkazish usulinitanlash (ommaviy yoki tanlanma guruhlar ichida so’rovnoma o’tkazish, qaysi iste’molchilar guruhida so’rovnomani o’tkazish).
Kuzatuv va tekshiruv usullarini amalga oshirishning asosiy vositasi bo’lib anketa (savolnoma) o’tkazish va mexanik qurilmalar, masalan, odamlar sonini hisoblagichlari, kino, videokameralar hisoblanadi.
Savolnoma – biron-bir ma’lumot olish uchun yaratilgan so’rov varaqasidir. Savolnoma odatda uch qismdan: kirish, rekvizit qismi va asosiy qismdan iborat bo’ladi.
Kirish qismining asosiy vazifasi – so’ralayotganlarni so’rovda ishtirok etishga ko’ndirishdir. Unda olib borilayotgan so’rovning maqsadi va so’ralayotgan shaxs, so’rovda ishtirok etib qanday foyda olishi ko’rsatilishi lozim.
Rekvizit qismida so’ralayotgan shaxsga tegishli axborot: yoshi, jinsi, kasbi, oilaviy holati va h.k. keltiriladi.
Asosiy qismidagi savollarning mazmuni tadqiqotchilar qo’yilgan savollarga olingan javoblar natijasida aynan nimalarni bilishni istayotganligiga bog’liq. Quyidagi savol turlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

  • Ochiq savol so’ralayotganga o’z so’zlari bilan javob berish, o’zini erkin tutishimkonini beradi.

  • Yashirin savol barcha mumkin bo’lgan barcha javob variantlarini o’z ichiga oladi, so’ralayotgan ulardan birini tanlab oladi.

  • Axborot pochta yoki intervyu olish yo’li bilan ham to’planishi mumkin.

  • Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuvma’lumotlari, tajriba va laboratoriya kuzatuvlaridir. Savolnomalar orqali so’roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar bilan birlamchi axborotlarni to’plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar o’z faoliyatlarini strategikrejalarini tuzish maqsadida o’tkazadilar.Shuni ta’kidlash joizki,marketing tadqiqotlari juda ko’p vaqt va sarf-xarajat talab etuvchi jarayon bo’lib, hozirdafirmalar raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash uchun, bozor ulushini egallash uchun, tashqibozorlarni o’rganish orqali eksport faoliyatinirivojlantirish uchun, tadqiqotlar o’tkazishga qiziqadilar. Samarali o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi, albatta o’z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi.

  • Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo’li bilan olinadi.

Kuzatuv – tanlab olingan insonlar guruhi xatti-xarakatini, turli vaziyatlarda ularning amallariniyozib borish orqali birlamchi axborotlarni yig’ish hisoblanadi, masalan xaridorlarning do’kondagi xatti-xaratlari.

Yüklə 143,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin