tajriba o’tkazish ham o’ziga xos qiziqarliva muhimhisoblanadi. Tajriba orqali ko’p qiziqarli marketing ma’lumotlarini, omillarning bir-biriga bog’liqligini aniqlash mumkin. Masalan, reklama vositalarining xaridorlar strukturasigata’siri, narx navoning bozor konyunkturasiga ta’siri kabi ko’rsatkichlar o’rganiladi.
Ochiq tajriba shundan iboratki, o’rganilayotgan obyekt tajribani maqsadidan xabardor bo’ladi va aksincha tadqiqot maqsadi noaniq bo’lganda o’rganilayotgan obyekt nima maqsadda uni so’roq qilayotganlarini bilmaydi. Amaliyotda turlitajribalar marketing maqsadlariga erishish uchun o’tkaziladi. Test savollar o’tkazish joyiga qarab, obyektiga qarab, shaxsigaqarab, muddatiga qarab, hajmigaqarab, test qilinayotganlarning soniga qarab tizimlashtiriladi. Yig’ilganma’lumotlartahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Tartibga solingan test savollari, masalan ish haqi miqdoriga qarab xaridorlarni sotib olish qobiliyatini o’rganish, xarid qilish xulq-atvorini o’rganish kabi savollar bilan axborotlar yig’iladi. Marketing tadqiqotlari natijasida olingan axborotlar ishlanadi, umumlashtiriladi, interpretatsiyaqilinadi. Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublardan marketingda – trendlar tahlili, chiziqsiz regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskreminant tahlil, klaster tahlili, omilli tahlil,miqdoriy vasifat tahlillari kabilarqo’llaniladi.
1Phillip Kotler, Gary Armstrong. Principles of marketing. 15th Edition. Textbook. Pearson Education Limited. 2014.