3-Mavzu. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Matlab dasturiy muhiti bilan ishlash hisoblashlarni bajarish


MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari



Yüklə 91,64 Kb.
səhifə8/33
tarix13.03.2022
ölçüsü91,64 Kb.
#53723
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
3-Mavzu. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalan-hozir.org

1.2. MATLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari

MATLAB - matematik va ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga mo’ljallangan eng

qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan, avtomatlashtirilgan

tizimlardan biri bo’lib, u matrisa va matrisaviy amallarni kengaytirilgan talqini ustiga

qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida o’z aksini topgan, ya’ni MATLAB - matrix

laboratory - matrisali laboratoriya. Ma’lumki, juda ko’plab dasturlar va ular ustida amallar

bajarish sikllar orqali amalga oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini sekinlashtiradi va ba’zi bir

amallarni bajarishni dasturlash tillarida ko’p o’lchamli, xususan, ikki o’lchamli, ya’ni

matrisalarni e’lon qilishni murakkablashtiradi. MATLABda asosiy obyekt sifatida

matrisalardan foydalanish sikllar sonini keskin kamaytiradi.

MATLAB tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo’lib, texnik va matematik

xisoblashlarga yo’naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli usullarni amalga oshirish

uchun tadbiq etib kelinayotgan an’anaviy dasturlash tillari imkoniyatlaridan ustunroq

dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur tizimni yaratishda hisoblashlar tezligini

oshirishga hamda tizimning turli xil masalalarini hal qilishga moslashuvchanligiga katta

e’tibor qaratilgan.

MATLAB tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga oshiradi:

a) modullarni, ya’ni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan protsedura modulli

dasturlash;

b) obyektga yo’naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini joriy qilish

ahamiyati);

c) foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo’ljallangan vizual-yo’naltirilgan

dasturlash (GUI-Graphics User Interface).

Umuman olganda, MATLAB dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi. Demak,

bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo’yicha aniqlanadi va zudlik bilan

joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-qism bo’yicha tekshirishni osonlashtiradi.

Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish mumkinligidir.

Tizimning juda ko’plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m-fayl (kengaytmasi

.m) va C/C++ fayllari ko’rinishida bo’lib, barcha fayllarni modifikasiya qilish mumkin.

Umuman olganda, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish



quyidagicha amalga oshiriladi:

Boshlang’ich ma’lumotlarni kiritishni ko’rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi;

Ma’lumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;

Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma xarflar bilan yoziladi, hamda ularning

argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi.

Ma’lumki, o’zgaruvchilar kompyuter xotirasida, ya’ni ishchi soha (workspace) da

ma’lum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o’zgaruvchilardan tozalash uchun clear

funksiyasining turli xil ko’rinishlaridan foydalaniladi, masalan:

clear - barcha aniqlangan o’zgaruvchilarni yo’qotish;

clear x - aniqlangan x o’zgaruvchini yo’qotish;

clear a, b, c - aniqlangan bir necha o’zgaruvchilarni yo’qotish.

Umuman olganda, AMDP neyron to’ri, elektrotexnik qurilmalarni modellashtirish,



murakkab matematik masalalarni yechish, fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

kabi ko’plab sohalarda qo’llash uchun yaratilgan. Shuning uchun ham bu sohani chuqur




Yüklə 91,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin