Metallyuzaqatlaminiplastikvaelastikdeformatsiyalanishi. Metallarga kesish bilan ishlov berilganda metall yuza qatlami plastik deformatsiyalanadi va natijada ishlov berilgan yuza notekisliklari shakli va o’lchamlari keskin o’zgaradi va odatda bunda g’adir-budurlik ortadi.
Mo’rt metallarga ishlov berishda metalni ayrim zarrachalarini toliqishi kuzatiladi va bu ham notekisliklar balandiigi va shaklini o’zgarishiga olib keladi. Kesish tezligi tokarli ishlov berishda plastik deformatsiyalanishni rivojlanishiga eng sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biridir (3.9-rasm).
Kesish tezligi kattaligini 40 m/min gacha oshirishda mikronotekisliklar balandiigi eng yuqori qiymatga ega bo’ladi. Bunda katta issiqlik miqdori ajralib chiqishi natijasida, chiqayotgan qirindi keskich orqa va oldingi yuzasiga bosuvchi kuchlar ta’sirida oldingi yuzaga plastik yopishib o’simta hosil qiladilar. Tezlikni yanada oshirishda o’simta mo’rtlashadi va 60-70 m/min. tezlikdan so’ng yo’q bo’ladi, yuza g’adir- budurliklari balandiigi kamayadi.
Turli xil ishlov berish usullarida surishni yuza g’adir -budurligiga ta’siri turlicha bo’ladi. Rejadagi burchagi 450 bo’lgan standart o’tuvchi keskich va cho’qqisini kichik radius bilan dumaloqlashtirilganda surishni ta’siri ancha sezilarli bo’ladi (1-egri chiziq). Keng kesuvchi qirrali keskichlar ishlatilganda surish g’adir- budurlikka deyarli ta’sir ko’rsatmaydi (2-egri chiziq) (3.10-rasm).
Teshiklarni parmalash va zenkerlashda, yonli va silindrik frezalashda va boshqa ishlov berish usullarida surish kattaligini yuza g’adir- udurligiga ta’siri nisbatan past bo’ladi.
Kesish chuqurligini yuza g’adir-budurligiga ta’siri ham past. Mikronotekisliklar, shuningdek, asbobni orqa yuzasini ishlov berilayotgan yuza bo’yicha ishqalanishidan ham kelib chiqadi va u kesuvchi asbobni yeyilishi bilan ortadi.
Yuza g’adir – budurligiga tayyorlama materlalini mexanik xossalari, kimyoviy tarkibi va tuzilishi ta’sir ko’rsatadi.
Ishlov berilayotgan materlal qattiqligini ortishida yuza g’adir-budurligi balandiigi kamayadi, qovushqoqligi yuqori bo’lgan materlallarga ishlov berishda esa, ortadi.
Ishlov berish jarayonida moylovchi – sovituvchi suyuqliklarni qo’llash yuza g’adir – budurligini, ularni ishlatmagan xolga qaraganda 25-40% ga kamaytiradi.