Qo’zg’almasbirikmalarnisifati. Ikki detalni qo’zg’almas, mustahkam birikmasini olish uchun g’adir – budurlik sinfi yetarlicha yuqori, mikronotekisliklar imkoni boricha kichik bo’lishlari kerak. Presslaganda mikronotekisliklar cho’qqilari eziladi va birlashayotgan detallar diametri o’zgaradi. Presslash kuchi va taranglik hisob – kitoblarga qaraganda kichikroq bo’ladi, chunki hisoblar mikronotekisliklar cho’qqilari bo’yicha o’lchangan o’lcham asosida bajarilgan. Birlashayotgan detallarni yuzalari g’adir – budurliklari nisbatan past bo’lganda birikmalar sifati va puxtaligi ortadi. Presslash qaytarilganda taranglik kamayadi, notekisliklar silliqlashib qoladi va birikma kuchsiz chiqadi.
Detallarmustahkamligi. Yuza sifati detallarni mustahkamligiga, ayniqsa o’zgaruvchan yuklamalarda, katta ta’sir ko’rsatadi. Detalni buzilishiga olib keladigan kuchlanishlar kontsetratsiyasi uni yuzasini notekisligi natijasida kelib chiqadi. Yuza qatlamida naklyop va siqilish kuchlanishlarini bo’lishi detallarni (prujinalar, resorlar) mustahkamligini bir necha marta oshiradi, cho’ziluvchan kuchlanishlarni bo’lishi esa kamaytiradi. Yuza g’adir-budurligi, shuningdek, birikmalarni moylash, ishqalanish, issiqlik o’tkazuvchanlik va germetiklik sharoitlariga, yuzalarni nurni qaytarish va yutish qobilyatiga, quvurlarda gaz va suyuqliklarni oqish qarshiligiga, gidravlik
mashinalarni kavitatsion buzilishiga, yuzalar va tutashmalarni boshqa tasniflariga ta’sir ko’rsatadi.
Mashina detallarini toliqishiga mustahkamligi ko’pchilik hollarda yuza qatlamidagi qoldiq kuchlanishlarni kattaligi, ishorasi va tarqalishi chuqurligi bilan belgilanadi. Nafis ishlov berish usullari bilan olingan yuqori yuza tozaligi toliqishiga mustahkamlikni keskin oshiradi, chunki mikronotekisliklar qanchalik kam bo’lsa, metallni toliqishidan yuzasida darz ketish extimollari kamayadi.
Korroziyaga qarshilik.Metall detallarni yuzalarini korroziyalanishini gazlar, suyuqliklar, atmosfera ta’siri keltirib chiqaradi. Ishlov berilgan yuza g’adir-budurligi qancha katta bo’lsa, shunchalik korroziya kuchli bo’ladi. Yuza sifatini oshirish korroziyaga chadamlilikni keskin oshiradi.
Qo’pol g’adir – budur yuzalarda korroziyani keltirib chiqaruvchi moddalar chuqurcha va o’yiqchalarda o’tirib qoladi, ular metall qatlamini o’yib, yangi yuzalar ochib korroziyani kuchaytiradi. Yuzada naklyop bo’lishi korroziyani 1,5-2 martaga tezlashtiradi, chunki bunday yuzada mikrodarzlar ko’p bo’ladi.
Mashinasozlikda, shunigdek, mashina detallarini chidamliligi va yeyilishga turg’unligiga tegishili ko’rsatgichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, naklyoplangan detallarni charxlashga chidamliligi 30-80% ga, yeyilishga turg’unligi esa 2-3 marta ortadi va bunda naklyop tasnifi va yuza tozaligi kerakli darajada bo’lishi kerak[10].
Mashina detallarini ishlash mudattlari va puxtaligiga metall yuza qatlamini roliklar bilan obkatkalash, maxsus naklyop, termik va kimyoviy –termik ishlov berish kabi jilovlovchi va mustahkamlovchi operatsiyalar sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadilar. Mexanik ishlov berish usullari va tartiblarini o’zgarishi yuzani ayrim tasniflarini o’zgartiradi va bu esa, o’z navbatida, detallarni ekspluatatsion xususiyatlarini o’zgartiradi. Shuningdek, mashinalarni yuqori javobgarlikdagi detallarini tayyorlash va ularni qayta tiklashda metall yuza qatlamini sifatini, uni berilgan ish sharoitlarida detal va butun mashinani ishlash qobilyatiga ta’siri hisobga olinishi talab etiladi.
NAZORAT SAVOLLARI
Yuza g’adir-budurligi deb nima ataladi
Asos chiziq, asos uzunlik, profilning o’rta chizig’i deb nimalar ataladi