DMAD texnologik tizimi bikrligi yuza g’adir – budurligiga ta’siri. Ishlov berish natijasida olinadigan yuza g’adir – budurligiga DMAD texnologik tizimi bikrligi katta ta’sir ko’rsatadi. Tayyorlamani siqish sharoitlaridan kelib chiqqan turli xil kesimlardagi bikrlikni doimiy bo’lmasligi g’adir – budurlikni ham o’zgarishiga sabab bo’ladi. Ishlov berilayotgan valni konsol mahkamlanganda yuza g’adir – budurligi valni erkin qismida ortadi. (3.11,a– rasm). Valni markazlarga o’rnatib ishlov berilganda val uzunligini uni diametriga nisbatiga ko’ra, yuza g’adir – budurligi 3.11 – rasm, d,e ko’rsatilgandek o’zgaradi.
Yuza g’adir-budurligi, DMAD texnologik tizimini bikrligini o’ynashi hisobiga, 1-2 sinf oralig’ida o’zgaradi.
– rasm. DMAD tizimi bikrligini yuza g’adir-budurligiga ta’siri Texnologik tizim elementlarini titrashi asbob kesuvchi tig’i holatini ishlov
berilayotgan yuzaga nisbatan davriy ravishda o’zgartirib turadi, ya’ni notekisliklar
yaratadi. Titrash jarayoniga tizim bikrligi, uni bo’g’inlaridagi tirqishlar, aylanuvchan qismlarni nomuvozanatligi, yuritmalar nosozligi va boshqalar sabab bo’ladi[13].
3.5.Yuza sifatini mashina detallarini ekspluatatsion xususiyatlariga ta’siri.
Mashinani talab etilgan sifatini ta’minlash va uni boshlang’ich holatini uzoq muddat saqlash asosan ularni detallarini yuzalari sifatiga bog’liq bo’ladi. Mashinalarni ishdan chiqishga asosiy sabab (80% gacha) – detallar yuzalarini yeyilishidir.
Detal yuzalarini yeyilishiga makronotekisliklar, to’lqinsimonlik va mikronotekisliklar ta’sir ko’rsatadilar.
Makronotekisliklar va to’lqinsimonlikda yuzalarni yeyilishi notekis boradi. Oldin yuzani chiqib turgan qismlari yeyiladi. Mikronotekisliklarda ham birinchi navbatda cho’qqilar deformatsiyalanadi va eziladi. Moylovchi qatlam yuzada nisbiy bosim ma’lum qiymatdan oshib ketmaguncha ushlab turiladi. Ishqalanuvchi yuzalar asosan chiqib turuvchi qismlari bilan kontaktda bo’lganlari tufayli, bu yerda moylovchi suyuqlik sizib chiqariladi va quruq ishqalanish sodir bo’ladi.
Ishqalanuvchi yuzalarni yeyilishi ma’lum egri chiziq bo’yicha boradi (3.13– rasm) qism-birlamchi yeyilish davri, qism – me’yorli, ekspluatatsion yeyilish davri u ishni to’g’ri olib borishda va moylashni yaxshi amalga oshirishda uzoq muddat davom etadi, qism – halokatli yeyilish davri.
1 – egri chiziq g’adir – budurligi yuqori bo’lgan yuza yeyilishini, 2 – egri chiziq esa g’adir – budurligi kichik bo’lgan yuza yeyilishini ifodalaydi. Ko’rinib turibdiki, ikkinchi holda birlamchi yeyilish kattaligi va vaqti kamayadi, ekpluatatsion me’yorli yeyilish davri esa o’zgarmay qoladi.
Birlamchi yeyilishga mikronotekisliklarni shakli va balandiigi ta’sir ko’rsatadi. O’tkir qirrali mikronotkekisliklar yassi qirraliga qaraganda tezroq yeyiladi. Birikmadagi detallar yuzalarini g’adir-budurligi asosan yeyilishni boshlang’ich davrda ta’sir ko’rsatadi. Me’yorli ekspluatasiya davrida yeyilish yuza qatlamlarini fizik-mexanik xossalari va ishqalanayotgan juftlikni ishlash tartiblari (sirpanish tezligi, yuklama, moylash tasnifi) bilan aniqlanadi. Kesib ishlash jarayonida hosil bo’lgan naklyop yuza yeyilishini 1,5-2 martaga kamaytiradi. Yeyilishni kamaytirishga yuza qatlamini qattiqligi, tuzilishi va kimyoviy tarkibi ta’sir qiladi.
Birlamchi yeyilishni kamaytirish orqali ishqalanayotgan detallarni yeyilishiga bardoshiigini oshirish uchun ishlagan detal yuzalaridagi g’adir-budurlikka mos yuzalar yaratish kerak. Qatlamda siqiluvchan qoldiq kuchlanishlar bo’lishi yeyilishni birmuncha kamaytiradi.