3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


«Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/58
tarix20.10.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#65646
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
7-mavzu

«Отменить» (Bekor qilish) buyrug‘ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar 
bosish kerak. 
Vositalar paneli yordamida nusxalash 
Nusxa ko‘chirish amalini bajarish uchun Стандартная (Standart) vositalar 
panelida 2 ta tugma (piktogramma) mavjud. Bular «Kопировать в буфер» 
(Buferga nusxa olish) va «Вставить из буфера» (Buferdagi nusxani qo‘yish) 
tugmalari. 
Agar sichqoncha ko‘rsatkichi Kопировать в буфер (Buferga nusxa olish) 
tugmasiga olib kelgan holda bosilsa, ajratilgan katakdagi ma’lumotlar buferga 
olinadi. Shundan so‘ng qo‘yiladigan katak faollashtirilib, Вставить из буфера 
(Buferdagi nusxani qo‘yish) tugmasiga sichqoncha ko‘rsatkichi olib kelib bosiladi. 
Sudrab olib o‘tish amali orqali nusxa ko‘chirish 
MS Excelda nusxa ko‘chirish kerak bo‘lgan katak yoki diapazondan 
ma’lumotlarni sudrab olib o‘tish orqali nusxa ko‘chirishni amalga oshirish 
mumkin. Nusxa ko‘chirish kerak bo‘lgan katak (diapazon) ni ajratib, undan keyin 
sichqoncha ko‘rsatkichini katak (diapazon) chegaralaridan biriga olib keling. 


Ko‘rsatkich strelkaga aylanganidan so‘ng Ctrl tugmasini bosing. Ko‘rsatkichda 
qo‘shimcha «+» belgisi hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng ma’lumotlarni tanlagan 
katagingizga sudrab olib o‘tishingiz mumkin. Olib o‘tilayotganda Ctrl tugmasi 
bosib turiladi. Shunday holatda oldingi katakdagi ma’lumotlar saqlanib qoladi. 
Ctrl tugmasi bosilmasa oldingi katak ma’lumotlari o‘zida saqlanmay, keyingi 
katak ma’lumotiga aylanib qoladi. 
Katak yoki diapazondagi ma’lumotlarni almashtirish 
Katak yoki diapazon ma’lumotlarini boshqa kataklarga olib o‘tish vaqtida bu 
ma’lumotlarni boshqasiga almashtirish ham mumkin. Buning uchun katak yoki 
diapazon ajratib olinadi va sichqoncha ko‘rsatkichi bu katak yoki diapazon 
chegaralaridan biriga olib kelinadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi o‘rnida strelka paydo 
bo‘lgandan so‘ng kerakli katakka olib (sudrab) o‘tiladi va sichqoncha tugmasini 
qo‘yib yuboriladi. Bunda oldingi katakdagi ma’lumotlar keyingi katakka 
almashinadi. Bunday ko‘chirish vaqtida Ctrl tugmasi bosilmaydi. 
 Avtoto‘ldirish (avtomatik to‘ldirish) markeri 
MS Excelda shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik toldirish deb 
ataladi. Avtomatik to‘ldirish diapazon kataklariga sonli qiymatlarni va matn 
elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to‘ldirish markeri ishlatiladi. 
U faol katakning o‘ng burchagida joylashgan kichik kvadratdan iborat. Ayrim 
hollarda katak ichidagi ma’lumotlarni qo‘shni katak (diapazon)ga ko‘chirishga 
ham to‘g‘ri keladi. Qo‘shni katak yoki diapazonga ko‘chirish usullaridan biri 
tanlangan kataklar to‘plamini to‘ldirish markerini olib o‘tishdir. Bunda MS Excel 
berilgan kataklardagi ma’lumotlarni olib o‘tishda ajratib ko‘rsatilgan kataklarga 
nusxasini ko‘chiradi.
Тo‘ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida satr yoki 
ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o‘sib boradigan sonlar yoki sanani 
oson va tez kiritishni ta’minlashdir. 
Masalan, C ustunga birinchi o‘nta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin