O'zbek tilidagi eng qadimiy o'zak morfemalarning strukturasi monovokalizmga ega bo'lgan bir bo'g'inli so'z tuzilishiga tengdir. Bular orasida SVS sxemasidagi bo'g'inlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Bu tipdagi bo'g'indan boshqa bo'g'inlar hosil bo'lgan: (S)VS, SVSS, (S) VSS, SV (S), (S) V (S).
O‘zak morfemalariga Izoh
Tushib qoluvchi harflar qavs ichida berilgan. Bo'g'in strukturasi bo'yicha maxsus tadqiqot ishlari olib borgan S. Rizayevning ta'kidlashicha, hozirgi o'zbek tilida SV (undosh Q unli) sxemali bo'g'inlar 49% ni, SVS (undosh Q unli Q undosh) sxemali bo'g'inlar esa salkam 40% ni tashkil qiladi . bu hisob o'zbek tilidagi so'zlarda keyingi vaqtlarda SV sxemali bo'g'inlarning miqdori ko'payganligini ko'rsatadi.
O‘zak morfemasi strukturasi
Hozirgi o'zbek tilida o'zak morfemalarning fonematik strukturasi quyidagi ko'rinishlarga ega: 1) SV (bu, shu); 2) SVS (tun, bir, kuch); 3) V (u-bir unlidan iborat o'zak); 4) VS (u, osh, el); 5) VSS (ost, ust, ort); 6) SVSS (qirq, tort, to'rt); 7) SSVS (shkaf, shlak); 8) SVSSS (tekst, punkt); 9) SSVSS (sport) kabi. Bulardan 7, 8 va 9-sxemalar asosan o'zlashma so'zlardagi o'zak morfemalarga, qolganlari esa o'z va o'zlashgan qatlamlarning har ikkalasidagi o'zak morfemalarga xos.
Affiksal morfemalar
ning fonologik strukturasi
Affiks so'zga (leksemaga) zid qo'yiladigan (leksik ma'noga ega bo'lmagan), o'zi qo'shiladigan asosning lug'aviy yoki grammatik ma'nolarining shakllanishiga xizmat qiladigan morfema; qo'shimcha. Mas., Ish-chi-lar-imiz-ni. Affiksal morfemalar vazifalariga ko'ra ikki asosiy turga bo'linadi: 1) so'z yasovchi affikslar; 2) forma (shakl) yasovchi affikslar.
Affiksal morfemalar
So'z yasovchi
Affikslar
Forma (shakl) yasovchi
Affikslar
Affikslarning o‘zgarishi
Affikslar o'zak morfemaning oxiridagi tovush turiga qarab turli o'zgarishlarga uchraydi, bu hol morfemaning turli allomorflarini keltirib chiqaradi: tomga ("-ga"), chelakka ("-ka"), qishloqqa ("-qa") kabi. Keltirilgan misollardagi "-ga", "-ka" va "-qa" aslida bitta "-ga" affiksining (jo'nalish kelishigi qo'shimchasining) turli ko'rinishlari -allomorflaridir. Ular bir morfemaning turli morfonologik formalarda namoyon bo'lishini ta'minlaydi.