3-Mavzu: So`z turkumlaridagi morfonologik al`ternatsiyalar


Affiksal morfemalarning fonematik strukturasi



Yüklə 17,55 Kb.
səhifə4/5
tarix01.11.2022
ölçüsü17,55 Kb.
#67031
1   2   3   4   5
2-MA\'RUZA

Affiksal morfemalarning fonematik strukturasi

Affiksal morfemalarning fonematik strukturasi quyidagi sxemalarda bo'lishi mumkin:

1) SVS: -gan (bor-gan), -man (talaba-man), -san (talaba-san), -miz (talaba-miz); 2) SV: -ga (uy-ga), -ma (bor-ma), -sa (kel-sa), -da (uy-da), -di (ket-di); 3) V - monovokalizm (bir unli) tipidagi affikslar: -i (kitob-i), -a (ket-a-qol); 4) S - monokonsonantizm (bur undosh) tipidagi affikslar: -m (ota-m), -ng (ota-ng), -t (ish-la-t), -sh (o'qi-sh); 5) VSS: -ant (doktor-ant), SSV: -nchi (ikki-nchi); 6) VSVS: -imiz (kitob-imiz); 7) VSSV: -inchi (besh-inchi); 8) SVSV: -gacha (uy-gacha); 9) SVSSV: -guncha (bor-guncha); 10) SVSVS: -digan (o'qimay-digan), 11) SVSSVS: -moqlik (yasha-moqlik); 12) VSSVS -iston (o'zbek-iston). 13) SSVC: -mtir(qora-mtir), 14) SVCVCC: parast (shuhrat-parast) kabilar.

Morfonologik al'ternatsiyalar

Morfonema o'zak bilan affiksal morfemaning birikuvi natijasida hosil bo'ladigan, morfologik ma'no ifodalaydigan, morfonologik al'ternatsiyalarda qatnashadigan al'ternant fonemalar guruhidir. U (morfonema) morfologik funksiya bajaradi.

Otlardagi morfonologik al'ternatsiyalar

O'zbek tilida otlarning kelishik qo'shimchalari vositasida turlanishi jarayonida o'zak bilan qo'shimcha chegarasida ma'lum fonetik o'zgarishlar yuz beradi

Masalan, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari affikslari ("-ga", "-da", "-dan" morfemalari) o'zak oxiridagi jarangsiz undosh ta'sirida (progressiv assimilyasiya natijasida) "-ka", "-qa", "-ta", "-tan" shakllariga o'tadi: chelakka (-ga>-ka), qatiqqa (-ga>-qa), qopda (-da>-ta), qopdan (-dan>-tan) kabi. Bular "-ga", "-da", "-dan" morfemalarining allomorflari sanaladi.

Otlardagi morfonologik al'ternatsiyalarga misollar

Keltirilgan misollarda (chelakka, qatiqqa so'z shakllarida) hatto geminatalar (kk, qq qavatlanishi) yuz berganligini ham ko'ramiz. Ayrim shevalarda "-ga" morfemasining arxaik shakli ("-g'a") ham namoyon bo'ladi: boyg'a, loyg'a, moyg'a kabi. Bu allomorflar qiyoslansa, ularda fonetik qurshov taqozosi bilan g-k-q-g' almashinuvi yuz berganini ko'ramiz.


Yüklə 17,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin