3-Mavzu: Tabiiy resurslar va ularning sinflanishiO‘zbekistonning qazilma boyliklari va ulardan foydalanish
Qazilma boyliklar deb yer qa’ridan qazib olinadigan qora, rangli va nodir metall ma’danlari, turli xil yonuvchi resurslar(ko‘mir, tabiiy gaz, neft, yonuvchi slanes, torf), kimyoviy xom ashyolar(tuzlar), qurilish materiallariga aytiladi. Biror bir ishlab chiqarish sohasi yo‘qki, unda yerdan qazib olinadigan resurslardan foydalanilmasa. Yer bag‘ri kimyo, metallurgiya, energetika va boshqa qator sanoat korxonalari uchun xom ashyo manbai hisoblanadi. Yerdan qazib olingan yonilg‘i resurslarga deyarli barcha texnika va transport vositalari harakatlanadi. Qazilma boyliklardan olinadigan mineral va kimyoviy o‘g‘itlardan esa qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Hozirgi kunga kelib insoniyat foydalanadigan mineral va tog‘ jinslarining umumiy soni 3500 dan ortib ketdi va har yili 120 milliard tonnadan ortiq foydali qazilmalar va turli tog‘ jinslari ishlatilmoqda. Yer osti qazilmalarini qazib olishda atrof-muhitni ifloslanishi. Qazilma boyliklarni qazib olish, tashish, qayta ishlash vaqtida atrof-muhit ifloslanadi. Minglab unumdor yerlar industrial dashtlarga aylanadi. Suv, havo, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkaziladi. Tog‘-kon sanoati korxonalari faoliyati natijasida har yili kon usti jinslari, flotasion boyitish chiqitlari, turli xil shlaklar, klenkerlar hosil bo‘ladi. Mineral xom ashyolar ochiq(ka’yer) yoki yopiq(shaxta) usullarida qazib olinadi. Ochiq usulda qazib olingan qazilmalardan ancha to‘laroq foydalanish imkoniyati bo‘lsada, atrof-muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri yuqori bo‘ladi. Bunday ta’sir doirasi yuzlab km.gacha boradi. Respublikamizda ochiq usulda qazib olinadigan konlar ko‘p. Ularning chuqurligi 50-350 metrga yetadi. Konlarning ochiq usulda qazib olinishi surilmalarga sabab bo‘ladi. Surilmalar kon yonbag‘irlarida, kar’yer chuqurligi va ularning devor kiyaligi oshgan sari qiya yotgan tog‘ jinslari qatlamining surilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bunday surilmalarni +o‘rg‘oshinkon, +almaqir, Angren konlarida kuzatish mumkin. Yopiq usulda qazib olinadigan qazilmalar uchun sarf-harajat yuqori bo‘lishi bilan birga qazib olish jarayonida hozirgi mavjud texnologiyalarni takomillashmaganligi sababli foydali ma’danlarning 25% dan ortig‘i yer ostida qolib ketadi. Konlarni ochiq va yopiq usulda qazish jarayonida chiqindilar yig‘ilgan sun’iy tepaliklar bilan birga yer satxini cho‘kishi, yoriqlar hosil bo‘lishi sodir bo‘ladi. Satxning cho‘kishi ko‘pincha yopiq usulda qazib olish jarayonida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarni ustki va yon atrofdagi tog‘ jinslarining o‘pirilib tushishi hisobiga sodir bo‘ladi. Bunday cho‘kishlar AQShning Kaliforniya shtatida, San-Fransiskoda, San-Xaokin vodiysida, Mexikoda, Tokio, Osako shaharlarida, shuningdek, Kuzbassda, +arag‘andada, Volga bo‘ylarida kuzatiladi. Bu hududlarda yer satxining cho‘kishi hozirgacha o‘rta hisobda 8-10 metrdan 20 metrga yetadi. Cho‘kish oqibatida kanallar, binolar, gidrotexnik inshoatlar buziladi. Qazilmalarni qazib olish chuqurligi oshgan sari suv saqlovchi qatlamlardan konga oqib kiradigan suv miqdori ham ortib boradi. Kon ichida va uning atrofida burg‘ulangan quduqlar orqali minglab, millionlab m3 suv kon tashqarisiga chiqarib turiladi. Natijada kon atrofidagi 10-20 km.gacha bo‘lgan masofalarda yer osti suvlari satxi pasayib, buloq va quduqlarni qurishiga sabab bo‘ladi. Kon qazish ishlarida bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket qisqa vaqt ichida 5-6 tonnadan 200-300 tonnagacha, ba’zan 500-1000 tonnagacha portlovchi moddalar ishlatiladi. Har bir m3 tog‘ jinsini portlatish uchun 0,7-0,9 kg. portlovchi modda ishlatiladi. Kar’yerlarda bo‘ladigan portlatishlar atmosferani katta miqdorda chang va gazlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tog‘ jinslarini portlatish hisobiga atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar xajmi 2 million m3 ga yetadi. Kar’yerlarda bir marotaba umumiy portlatish vaqtida atmosferaga 250 tonna chang va 5-6 ming m3 zararli gazlar chiqadi. Bunda hosil bo‘lgan chang bulutlari 3000 metr balandlikkacha ko‘tarilib, shamol yo‘nalishi bo‘ylab 1-1,5 km.gacha tarqaladi. Bulardan tashqari, tog‘ jinslarini tashish vaqtida atmosfera transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar va yo‘llardan ko‘tariladigan changlar bilan ham ifloslanadi. Oqibatda tuproq tarkibi o‘zgarib, hosildorlik kamayadi, suv xavzalari, dov-daraxtlar, parrandayu-darrandalar zarar ko‘radi. Insonlar turli kasalliklarga chalinishlari mumkin. Masalan, Buyuk Britaniya tuproqlarida rux elemeti miqdorining va o‘simliklarda molibdenning ko‘payishi oshqozon-ichak va rak kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘layotganligi aniqlangan. Tarkibida ko‘p miqdorda selen elementi bo‘lgan ozuqani iste’mol qilish odamlar sochini to‘kilishiga, qo‘ylarning tuyoqlari kasallanishiga ham sabab bo‘ladi. TEKSHIRUV SAVOLLARI 1. Tabiiy resurslar deb qanday resurslarga aytiladi? 2. Real va potensial resurslar mazmunini tushuntiring? 3. Tugaydigan resurslardan oqilona foydalanishning ekologik ahamiyati qanday? 4. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslarni mohiyatini tushuntiring. 5. Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ekologik ahamiyatini tushuntiring. 6. O‘zbekistonda tarqalgan yer osti qazilmalaridan samarali foydalanish yo‘llari qanday? Yüklə 23,47 Kb. Dostları ilə paylaş: |