2.Tabiiy resurslaring klassifikasiyasi. Barcha tabiiy resurslarni, albatta shartli ravishda tugaydigan va tugamaydigan resurslarga bo‘linadi(1-jadval).
Havo, suv, iqlim, koinot resurslari. +uyosh, yadro, geotermal, shamol, to‘lqin energiyalari hamda yerning ichki issiqlik energiyasi
Yer osti qazilmalari (rudali, noruda va yonilg‘i qazilma boyliklar)
Tuproq, o‘simlik va hayvonlar, qisman suv resurslari
Tugaydigan tabiiy resurslarzaxirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish ko‘lamiga bog‘liq ravishda kishilik jamiyati extiyojlarini faqat ma’lum davr davomida ta’minlashi mumkin. Ular tabiatda o‘z-o‘zidan tiklanmaydi. Insonlar tomonidan bunday resurslarni yaratish mumkin emas. Chunki tiklanmaydigan resurslar tabiatda uzoq geologik davrlarda va jarayonlarda kimyoviy elementlarning to‘planishi natijasida hosil bo‘ladilar. Ular tabiiy biogeokimyoviy siklda qatnashmasliklari mumkin emas. Biosferada kimyoviy elementlar miqdorini optimal darajasi ana shunday boshqarilgan va boshqariladi. Tugaydigan resurslar o‘z navbatida qayta tiklanmaydigan, tiklanadigan va nisbatan tiklanadigan resurslarga bo‘linadi. qayta tiklanmaydigan resurslar-umuman tiklanmaydi yoki insonlar tomonidan ulardan foydalanish davri davomida juda sekinlik bilan tiklanadi. Bunday resurslarga neft, toshko‘mir va boshqa qazilma boyliklar kiradi. Bunday resurslardan foydalanish albatta, ularni tugashiga olib keladi. Shuningdek, qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ulardan tejab-tergab, oqilona, kompleks ravishda foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bundan maqsad ularni qazib olish va qayta ishlash vaqtida yo‘qotilishini kamaytirishga erishish hamda bu resurslarni boshqalariga yoki sun’iy yaratilganlarga almashtirishdan iborat . Tabiiy resurslarning ko‘plab turlari XXI asrda tugaydi degan noto‘g‘ri bashoratlarga ko‘pchilik olimlar tanqidiy munosabat bildirmoqdalar. Bunday bashoratchilar ikkilamchi xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashib borishini, sun’iy materiallardan foydalanish xajmini tobora o‘sib borayotganligini, energiya ta’minotini ortib borishi evaziga xom ashyolarni va yer qa’rining chuqur qismida joylashgan neft saqlovchi qatlamlardan neft qazib olish texnologiyalarini yaratilayotganligini hisobga olmaganlar. Shuning uchun ehtiyojdan kelib chiqib, u yoki bu xom ashyo zaxirasidan foydalanishda, geologik qidiruv ishlari samaradorligini yaxshilash imkonini beruvchi va qazilma boyliklari qazib olish usullarini takomillashtirishni ko‘zda tutuvchi ilmiy-texnika yutuqlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida bilimlarimiz doirasida hozircha birinchi guruh tugaydigan resurslarini qayta tiklanmaydigan resurslar deb hisoblashga xaqlimiz.
Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar deb ma’lum tabiiy sharoitda undan foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish imkoniyati bo‘lgan resurslarga aytiladi. Bunday resurslarga o‘simliklar va hayvonot dunyosi, qator mineral resurslar, masalan, ko‘l tubida yig‘iluvchi tuzlar, torf qatlamlari hamda tuproqlar kiradi. Ammo ularni tiklash va ko‘plab ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratish lozim. +ayta tiklanadigan resurslarni tiklash jarayoni turli xil tezlikda kechadi. Tuproqlarda 1 sm.li gumus qatlami hosil qilish uchun 300-600 yil, kesilgan o‘rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni tiklash uchun esa o‘nlab yillar talab etiladi. Tabiiyki, qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish darajasi ularni tiklanish tezligiga mos kelishi kerak. Aks xolda qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga aylanib qolishi mumkin. Masalan, tuproq-o‘lik tuproqqa aylanishi, hayvonot va o‘simlik turlari esa umuman yo‘qolib ketishi mumkin. Shuni ham nazarda tutish lozimki, ko‘plab tabiiy resurslar juda sekinlik bilan tiklanadilar. O‘rmon, tuproq, hayvonlarning ko‘plab turlari shular jumlasidandir. Bunday resurslar nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar deb ataladi. Ular shunday tabiiy resurslarki, ularni tiklash uchun insonning bir necha avlodi umri talab etiladi. Bu guruhga suv, shamol, o‘tloq, irrigasiya, sanoat va boshqa turdagi tuproqlar eroziyasini ham kiritish mumkin. Ma’lumki, tuproqlarning xaydaladigan yuqori qisminigina tabiiy sharoitda tiklash uchun bir necha ming yil talab etiladi. Ko‘p yillik daraxtlardan tashkil topgan o‘rmonlarni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiritish mumkin. Masalan, sakvoy daraxti 6 ming yilgacha umr ko‘rishi va balandligi 100 metrdan ortiq bo‘lishi mumkin. San-Fransisko yaqinida o‘sadigan bu ulkan daraxtlarni ayovsiz kesish hisobiga hozirgi kunga kelib ularning bir necha donasi qoldi holos. Hozir u yerda maydoni 424 akrali qo‘riqxona tashkil etilgan. Bu yerda sakvoylarning bir oylik ko‘chatlaridan tortib, yirik, ammo bir necha namoyondalari o‘stirilmoqda. Sakvoy daraxti po‘stlog‘ining qalinligi 30 sm.dan ortiq bo‘lganligi sababli yong‘inga chidamli hisoblanadi. Ko‘plab sakvoylar Amerikaning taniqli insonlari nomi bilan ataladi. Masalan, «General Sherman» deb ataluvchi sakvoy daraxtining balandligi 91 metrni, diametri 20 metrni, og‘irligi esa 2000 tonnani tashkil etadi. Bu kabi daraxtning bir donasidan olingan yog‘och materiallarini tashish uchun bir butun temir yo‘l tarkibi talab etiladi. Bitta sakvoy daraxtidan olinadigan yog‘ochdan 45 ta bir honali uy qurish mumkin. Sibir kedri Rossiyada bir necha million gektar maydonni egallagan bo‘lsada, ularni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiritish lozim. Uning umr ko‘rish davomiyligi 300 yilga yetadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda bir necha inson avlodi umriga teng.
Tugamaydigan resurslar.Bunday resurslarga shartli ravishda koinot, iqlim va suv resurslarini kiritish mumkin. Koinot resurslariga quyosh radiasiyasi, dengiz suvlarining to‘lqinlanish energiyasi va shu kabilar kiradi. Ular deyarli tugamaydi va ularni muhofaza qilish(masalan, quyoshni) atrof-muhitni muhofaza qilish uchun ob’yekt bo‘la olmaydi. Chunki insoniyat bunday imkoniyatga ega emas. Ammo, quyosh energiyasining yer yuzi bo‘ylab tarqalishi atmosfera xolatiga, uning ifloslanganlik darajasiga bog‘liq. Bunday omillarni esa insoniyat boshqara oladi.
Iqlim resurslari. Atmosfera issiqligi va namligi, havo, shamol energiyasi deyarli tugamaydi. Lekin, atmosfera turli mexanik qo‘shimchalar, sanoat korxonalari va transport vositalarining turli gazlari, hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi natijasida sezilarli darajada uning tarkibi o‘zgarishi mumkin. Havo musaffoligi uchun kurashish bu tabiiy resursni himoya qilishning muhim vazifalaridan biridir.
Suv resurslari umuman biosfera uchun tugamaydigan resurslardir. Biroq, chuchuk suvning zaxiralari va miqdori yer yuzining turli qismlarida keskin o‘zgarib turadi. Daryo va ko‘l suvlarini kamayishi bilan bog‘liq chuchuk suv yetishmovchiligi hamda suvlarni ifloslanishi hozirgi kunda sezilarli darajada tezlashdi. Shuning uchun chuchuk suv sarfi va tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Amaliy jixatdan Dunyo okeani suvlari tugamaydigan resurslar hisoblanadi. Ammo, ularga neft mahsulotlari, radioaktiv va boshqa chiqindilarning to‘kilishi xavf solmoqda. Bu xol o‘z navbatida okean suvlarida hayot kechiruvchi hayvonlar va o‘simliklarning yashash sharoitlarini o‘zgartirib yubormoqda.