Insonning tabiatga va tabiiy resurslarga ta’sir ko‘rsatish shakllari. Jamiyatning tabiatga ta’siri to‘g‘ridan-to‘g‘ri va yashirin xolatda bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish deganda insonlarni tabiatga ochiqdan-ochiq ta’siri tushuniladi. Yer osti qazilmalarini qazib chiqarish, o‘rmonlardan foydalanish kabilar tabiatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish oqibatlaridir. Masalan, qazilma boyliklarni qazib olish nafaqat harakatdagi shaxtalar, rudniklar, kar’yerlar hududidagi biogeosenozlarni buzilishiga, balki qo‘shni tabiiy hududlarning gidrogeologik rejimini buzilishiga ham olib keladi. U joylarda maxalliy qurg‘oqchilikni sodir bo‘lishini tezlashtiradi, hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘zgartirib yuboradi, tuproqlarda kechadigan suv ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni buzilishiga olib keladi va xakozo. Ko‘p xollarda korxonalar u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish vaqtida hosil bo‘lgan oqava suvlarni tozalamasdan ochiq suv xavzalariga oqizishi natijasida baliqlar va ular uchun ovqat hisoblangan mayda o‘simlik va mikroorganizmlar nobud bo‘ladi.
3.Muqobil energiya manbalaridan istiqbolli foydalanish. Muqobil energiya manbalarini xalq xo‘jaligining turli sohalariga keng joriy etish, yerning qayta tiklanmaydigan yonilg‘i resurslaridan foydalanishni keskin kamaytiradi. Xisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, noan’anaviy energiya manbalarining roli kamida 20-30 yilda seziladi. Hozircha ular maxalliy extiyojlarni qondirish uchungina iqtisodiy jixatdan o‘zini oqlaydi. Bu o‘rinda bioenergetika katta qiziqish uyg‘otadi. Masalan, 1 tonna go‘ngdan 1 sutkada 15 m3 gacha biogaz olish mumkin. 1 m3 biogaz bir litr suyultirilgan gaz yoki 0,5 litr yuqori oktanli benzin quvvatiga teng. Xitoyda biogaz ishlab chiqarish qurilmalaridan qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda. Biogaz ishlab chiqarishning boshqa manbai-suv xavzasi qirg‘oqlarida suv o‘tlari yetishtirish va ularni metan gazigacha qayta ishlashdir. 1000 gektar maydondagi suv o‘tlaridan har yili shunday xajmdagi metan gazi olish mumkinki, uning issiqlik hosil qilish hususiyati 10000 tonna neftniki bilan teng. Benzinni tejash yo‘llaridan biri, unga etanol va metanol qo‘shishdir. Buning uchun maxsus «energetik» madaniy o‘simliklar (shakarqamish,qizilcha,kungaboqar va boshqalar) benzin tarkibiga qo‘shiladi. Braziliyada avtotransportlarning aksariyati shu kabi yonilg‘i aralashmalariga ishlaydi. Bunday aralashmalar qo‘shilgan yonilg‘iga ishlagan avtotransportlar nafaqat benzinni kam sarf qiladi, balki atrof-muhitni zararli gazlardan iflosla- nishini kamaytiradi.