26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
10/13
Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan
jazo maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga
qarab berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari
uning
jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini
inobatga olish lozim.
Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning
uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin.
Barcha hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni
tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.
Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni,
shuningdek, oʻzaro bir-biriga
ta’sirini hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari,
tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan
boʻlsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya
vositalariga tarbiyaning
maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.
Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar
hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va
ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham
tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi.
Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv
qurollari badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye,
kompyuter, magnitofon, slaydo, shuningdek, kishilar
ham tarbiya vositasi
boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya
metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-
tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi. Oʻquvchining turli koʻrinishdagi faoliyati
uyushtiriladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida axborot va texnika vositalaridan
foydalanishga alohida diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Ulardan maqsadga
muvofiq va samarali foydalanish oʻquvchilarning ma’naviy
kamol topishiga
olib keladi.
Yuqorida bildirilgan mulohazalarga tayangan holda mavzu yuzasidan
quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Tarbiya jarayonining asosini, ijtimoiy hayotining obyektiv talablarini,
shaxsning ijtimoiy mohiyatini hamda tabiatini aks ettiruvchi qonuniyatlar
tashkil etgani bois tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning
qonuniyatlarni chuqur oʻrganishni talab etadi.
26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
11/13
2. Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday
tamoyillarga koʻra ish koʻrilayotganligiga ham bogʻliq.
Tarbiya tamoyillari
yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqqan va komil insonni
tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim
talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisidir.
3. Tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻqituvchi tomonidan
qoʻllaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular ijtimoiy
jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan yosh avlodni har
tomonlama
barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash
vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari oʻzaro oʻhshash jihatlariga
koʻra uch guruhga boʻlinadi. Tarbiya jarayonida qoʻllaniladigan tarbiya
vositalari metodlari ahamiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: