26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning
umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
1/13
3-mavzu: Tarbiya usullari va shakllari
I. REJA:
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni.
3. Tarbiya metodlarining tasnifi.
4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni.
5. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari.
II.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
III. Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan
adabiyotlar roʻyxati.
Tayanch ibora va atamalar
:
tarbiya, tarbiya metodlari,
tarbiya
metodlarining turlari, ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi
metodlar, odatlantirish va faoliyatda
mashqlantirish metodlari, tarbiyada
ragʻbatlantirish va jazolash metodlari.
1. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
Maqsad, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u
nimaga
qaratilgan, nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda
tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib
tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim kategoriya ham mavjud. Bu
tarbiya metodi tushunchasidir.
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo‘l)
tarbiya maqsadiga
erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish
usullaridir.
Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining
kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir
tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra
uni hal qiladi, tarbiya jarayonining
aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish
asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya
metodlarini bunday xususiy
takomillashtirish