26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
2/13
boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng
ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin.
Tarbiya metod va usullarini
bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat
darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining
aloqadorligi ana shunda.
Amaliyotda
tarbiya vositalari
tushunchasi ham ajratiladi. Usullar
deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi,
vosita deganda, usullar yig‘indisi
tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat –
tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni
ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika
taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan
maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va
vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek
metodning tuzilishida
usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.
2. Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum
yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas.
Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan
baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq
tanlash bir qator omillarga
bog‘liq.
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Maqsad nafaqat metodlarni
oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa,
unga erishish
metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: