26.06.2023, 08:26
3-mavzu: Tarbiyaning
umumiy metodlari
https://tarbiyaviy.uz/asos/mavzular/m3/m3.htm#r1
9/13
ularning ta’limotlari Al-Kindiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom,
Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa
Sharq faylasuflari tomonidan
oʻrganildi va boyitildi.
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi
muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat-namunaning oʻrni
beqiyosdir. Bu oʻz navbatida Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot
yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlashni kafolotlaydi.
5. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari
Ragʻbatlantirish metodlari
– oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy
baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish
kechinmalarini
paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga
ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz
faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-
xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish,
dalda berish, ishonch
bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish,
mukofatlash va
boshqalar kiradi.
Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi
lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam
xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining
alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket
boʻlmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash
jamoaga nisbatan taqqoslash
talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik,
xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil
etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy
qiyofasi,
shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga
munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: