Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo’yicha bir biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmi ham bo’ladi.Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab ham o’sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar raqobat kurashini baholash imkonini beradi.
Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi:
Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi:
1.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
2.Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi. 3. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.
4.Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari.
5. Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat kaliti va muvaffaqiyatsizlik omillari.
6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini belgilovchi shaxslar.
7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi.
Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yo’nalishi va imkoniyatlarini eng ravshan ifodalovchi jihatlarni aniqlashdan iborat. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. So’ngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning xata-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuhitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi.