- 25 -
Transport vositalari va transportda ko‘rsatiladigan xizmatlar sertifikatlashtirilishini amalga
oshirish;
Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga avtomobil transportida rioya etilishi
ustidan nazorat olib borish;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
4. O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanish davlat-aktsiyadorlik
kontsernining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari:
O‘z tasarrufidagi avtomobil yo‘llaridan transport vositalarining xavfsiz qatnovi uchun bu
yo‘llarning soz holatda saqlanishini ta’minlash;
Yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l
qoplamasining holati, gidrometeorologiyaga oid va
boshqa sharoitlar to‘g‘risida zarur axborot bilan ta’minlash;
Avtomobil yo‘llarida yo‘l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishi va
jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta’minlash;
Avtomobil yo‘llarining qatnov uchun xatarli joylarini aniqlash va bu joylarda yo‘l
harakatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Og‘ir vaznli, yirik o‘lchamli, xavfli va maxsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining
qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etish, shuningdek, yo‘l xizmati ko‘rsatish ob’ektlari
joylashuviga
rozilik berish;
Qonuniy hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat harakat xavfsizligi nazorati yo‘l
harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vakolatlari:
Yo‘l harakati xavfsizligi
standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;
Yo‘l harakati qatnashchilarining ushbu qonunga, yo‘l harakati qoidalariga hamda boshqa
qonun hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazorat
olib borish;
Jamoat transportining, shuningdek og‘ir vaznli, yirik o‘lchamli,
xavfli va maxsus yuklarni
tashuvchi transport vositalarining qatnov yo‘nalishlarini belgilashda ishtiroq etish;
Yo‘llarni, temir yo‘l kesishuvi joylarini, avtomobil yonilg‘isi quyish tarmoqlarini, transport
vositalarining konstruktsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish loyihalariga rozilik berish;
Foydalanishdagi transport vositalarining texnik holati ustidan nazorat olib borish, transport
vositalarining texnik ko‘rigini o‘tkazish;
Yo‘llar va temir yo‘ldan o‘tish joylarining saqlanishi, ularning yo‘l harakatini boshqarish
vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazorat olib borish;
Yo‘l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lmagan yo‘llar va
temir yo‘l kesishuvi joylaridan foydalanishni ta’qiqlash;
Transport vositalari, yo‘l harakati qoidalarining buzilishi hollari va yo‘l-transport hodisalari
hisobini va ro‘yxatini yuritish;
Transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnomalar berish;
Qonuniy hujjatlarga muvofiq uning vakolat doirasiga berilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish;
Qonuniy hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Nazorat savollari:
1. Harakat xavfsizligini ta’minlashda qanday davlat boshqaruv organlari mavjud?
2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining vakolatlari nimalardan iborat?
3. «O‘zavtoyo‘l» DAK ning vakolatlari nimalardan iborat?
4. O‘zbekiston Respublikasi IIV Davlat harakat xavfsizligi nazoratining vakolatlari nimalardan
iborat?