3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari


-mavzu: Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

6-mavzu: Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining 
qo‘llanilishi. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish. 
 
Tayanch iboralar. Ogohlantiruvchi ishoralar falokat ishoralari. Falokatda to‘xtash belgisi. 
Harakatlanishni boshlash. Yo‘nalishni o‘zgartirish. 
 
Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi. Ogohlantiruvchi va falokat 
ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi bobi 9 bandni o‘z ichiga oladi: 
1-band. Ogohlantiruvchi ishoralarga qanday ishoralar kirishini. Bunda burilishni ko‘rsatuvchi 
miltillovchi chiroq, ko‘k bilan beriladigan ishoralar, tovush ishoralari fara chiroqlari nazarda 
tutiladi; 
2-3-band. Burilish ishoralarini berilish tartibini. Bunda ishorani berilish shartligi, berish va 
tugallash vaqtlari izohlanadi; 
4-band. Harakatlanishda boshqa TVlariga xalaqit bermaslikni ta’kidlaydi; 
5-band. Tovushli ishora berish holatini
6-band. Quvib o‘tishda qo‘shimcha fara chirog‘idan foydalnish mumkinligini
7-band. Falokat ishorasi va uni borilish vaqtlarini; 
8-band. Falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish holatlarini; 
9-band. Shatakka olish holatida falokat sababli to‘xtash belgisini qo‘llashni izohlaydi. 
Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish bobi 11 banddan iborat bo‘lib:
1-band. Haydovchini harakatlanishini boshlashi, yoki yo‘nalishni o‘zgartirishga tayyorlovchi 
holatni izohlaydi. Ya’ni u o‘zidan boshqa TV lariga xalaqit qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi 
kerak; 
2-band. Yondosh xududdan chiqishni
3-band. O‘rin almashtirishdagi holatni; 
4-band. O‘ng va chapga burilishdagi holatni izohlaydi; 
5-band. O‘ng va chapga burilishni amalga oshirish tartibini
6-band. Gabarit o‘lchami katta bo‘lgan TVlarini burilishini amalga oshirish tartibini; 
7-band. Chapga burilish va qayrilib olish tartibini belgilaydi; 
8-band. O‘ng qo‘l qoidasiga amal qilinadigan holatni; 
9-band. Tezlanish va sekinlashish bo‘lagi bor yo‘llarda burilish tartibini 10-band. Qayrilib olish 
ta’qiqlangan joylarni izohlaydi; 
11-band. Orqaga harakatlanish tartibini belgilaydi. 
Yo‘lning qatnov qismida TV larining joylashuvi bobi 12 bandni o‘z ichiga oladi: 
1-band. Relssiz transport vositalarining harakatlanish bo‘laklarini tanlash tartibini belgilaydi. 
2-band. To‘rt va undan ortiq bo‘lakli yo‘llardagi cheklanishni; 
3-band. Ikki tomonlama 3 bo‘lakli yo‘llarda harakatlanishni; 
4-band. Harakatlanish bo‘laklarini o‘zgartirish holatlarini izohlaydi
5-band. Tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lgan yo‘llarning harakatlanish tartibini belgilaydi. 
6-band. Tramvay izlariga chiqish holatini; 
7-band. Bo‘laklar chiziqlar bilan ajratilgan holatni; 
8-band. Reversiv harakatlanishni yo‘lga chiqish holatini; 
9-band. Trotuar va piyodalar yo‘lakchasiga chiqishga ruxsat etilgan holatni izohlaydi; 
10-band. Oraliq masofa saqlash tartibini; 
11-band. Aholi yashash joylaridan tashqarida og‘ir yuk tashuvchi TV haydovchilarini harakatlanish 
tartibini belgilaydi; 
12-band. To‘siq bo‘lgan holatni izohlaydi. 
 
Nazorat savollari: 
1. Qanday ishoralar ogohlantiruvchi ishoralar deyiladi? 
2. Qanday ishoralar falokat ishoralari deyiladi? 
3. Falokat sababli qanday to‘xtash belgisi qo‘llaniladi? 


- 11 - 
4. Harakatlanishni boshlashda qanday qoidalar mavjud? 
5. Yo‘nalishni o‘zgartirishda qanday qoidalar mavjud? 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin