3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari



Yüklə 124,61 Kb.
səhifə16/21
tarix07.01.2024
ölçüsü124,61 Kb.
#207304
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzo-www.hozir.org

Nizo tasavvurlari

Nizoning yuzaga kelishidagi yana bir turkum sabablarga nizoli vaziyatda inson idrokida yuzaga keluvchi tasavvurlar tizimini kiritish mumkin. Rossiyalik tadqiqotchi A.G Shmelev kichik guruhlardagi nizolarni yuzaga keltiruvchi omillarni o’rganar ekan, nizoli vaziyatning nizo darajasiga o’sib o’tishini aynan shunday tasavvurlar tizimi bilan asoslaydi.



Xususan, inson idrokida sodir bo’luvchi «egotsentrik tasavvurlar tizimi»da nizo ishtirokchisi butun vaziyatning markaziga o’z manfaatini, maqsad va ehtiyojlarini qo’yadi.
Bunday kimsa nizo oqibatini faqatgina shaxsiy manfaatining qondirilishi nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Atrofdagi odamlar, narsa va hodisalar esa maqsadga erishish vositasi sifatida qabul qilinadi. Ziddiyat taqozosi bilan yuzaga kelgan vaziyatga bunday yondoshuv nizoning yanada keskinlashuviga asos bo’ladi.
Nizoli vaziyatga va ishtirokchilarga nisbatan namoyon bo’luvchi ikkinchi xil munosabat «alterotsentrik tasavvurlar tizimi»ga asoslanadi va bunda asosiy e’tibor o’zga tomonning manfaati va maqsadlarini qondirishga yo’naladi. Atrofdagi barcha voqea va hodisalar (shu jumladan ishtirokchining o’zi ham) o’zga tomonning maqsadini qondirish vositasi sifatida aks ettiriladi. Har qanday nizoli vaziyatning yuzaga kelish sababi sifatida o’zini asosiy gunohkor deb hisoblaydigan kimsalarni aynan shu toifaga kiritish mumkin. Bunday odam haddan tashqari kuyunuvchan, o’zganing manfaati va xohishlariga e’tibori baland bo’ladi. Bu toifa kimsalar ishtirokidagi ziddiyat nizo darajasiga ko’tarilib etmaydi, lekin vaziyat taqozosi bilan o’zganing manfaati uchun qayg’urish natijasida uning ichki nizosi rivojlanib boradi va o’zga tomonga nisbatan adovat o’ti alanga ola boshlaydi. Tashqi tomondan tinch va sokin munosabatlar ostida ko’ngil tug’yoni va adolatsizlikdan nolish belgilari o’rin oladi. Nizoli vaziyatda shakllanadigan uchinchi xil munosabat shakli «sotsiotsentrik tasavvurlar tizimi» deb ataladi. Bunday tizim avvalgi ikki monotsentrik (bir markazli) tizimdan farqli o’laroq politsentrik, ya’ni ko’p markazli ko’rinishga ega. «Sotsiotsentrik tizim»da vaziyatni hal etish nizoning barcha ishtirokchilari manfaatiga yo’nalgan bo’lib, inson muammoli vaziyatni hal etishda ko’pchilikning ehtiyojini nazarda tutadi.
Albatta, nizoli vaziyatni muvaffaqiyatli va o’rinli hal etish insoninng aynan «Sotsiotsentrik tizim»ga moyilligi orqali ta’minlanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday odam u yoki bu nizoli vaziyatlar taqozosi bilan uchchala sanab o’tilgan tizimlar bo’yicha tajribaga ega.
Lekin nizoli vaziyat yuzaga kelganda iloji boricha «Sotsiotsentrik tizim» doirasida harakat qilish har qanday rahbar va xodimning xohish va irodasidadir.
Nizoni hal etish strategiyalarining asosiy mohiyati vaziyatga iloji boricha sovuqqonlik bilan qarash va iloji boricha hissiyot tug’yoniga berilmaslikdan iboratdir. Aynan shunday mushohadalilikka asoslangan yana bir yondoshuv nizoli vaziyat manbai va adresatini bir-biridan ajratishni taqozo qiladi. Ko’p hollarda nizoning asl sababi bir yoqda qolib, o’z nolishimiz va tajovo’zimizni boshqa kimsalarga qaratish hollari ham uchrab turadi. Achinarlisi shundaki, odam ko’p hollarda nizoning asl sababi bo’lmish o’z ichki ziddiyatlari va tafovutlarini tahlil etishga qurbi etmaydi. Bunday tahlilga moyillik ma’lum ko’nikma va psixologik malakani talab qiluvchi holat bo’lib, aynan shunday psixologik mutasaddilik ichki nizolarimiz asl sababini tezda anglab olishga va atrofdagilar bilan muvozanatli munosabat qurishga imkon yaratadi. Bunday vaziyatda ichki zo’riqishimizni engillashtirish usullaridan biri jismoniy harakatlar bilan mashg’ul bo’lish hamdir. Odatda, har qanday ruhiy zo’riqish tanamizning turli qismlarida o’z aksini topadi. Shuning uchun tanadagi zo’riqishni jismoniy faollik orqali susaytirish ichki nizoni kamaytirish imkoniyatlaridan biridir.

Yüklə 124,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin