3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari


Kar’eraning yoshga bog’liq jihatlari



Yüklə 124,61 Kb.
səhifə20/21
tarix07.01.2024
ölçüsü124,61 Kb.
#207304
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzo-www.hozir.org

Kar’eraning yoshga bog’liq jihatlari.


Karerogramma – bu mutaxassisni muxim bir ishda va joyda samarali natijaga erishishida qanaqa yo’lni bosib o’tishi uchun kerakli zaruriy bilim hamda malakalar to’g’risidagi tasavvurlari jamlanmasi (tuzilishi) demakdir.
Karerogramma – etnik xususiyatlarga, yosh, jins xususiyatlariga ko’ra mazmunan o’zgaradi. Kar’era shaxsni ijtimoiy tajribaliligini talab qilib, bu psixologik o’zini tan olish va faoliyat natijalaridan qoniqish bilan bog’liq.
Karerani amalga oshirish shartlari
Xodimning xizmat bo’yicha siljishida faqatgina shaxsiy sifatlari (ma’lumoti, malakasi, ishga bo’lgan munosabati, ichki motivatsiyalar tizimi) gina emas, balki ob’ektiv shart-sharoitlar ham hisobga olinadi.
Karera qilishning ob’ektiv shartlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: (a) kareraning missiyasi (eng yuqori no’qtasi) – yuqori bo’g’in lavozimi; (b) karera muddati – tashkilot ichida individual holda egallagan birinchi mavqeidan toki yuqori (oxirgi) bo’g’ingacha bosib o’tilgan yo’ldagi o’sishlar soni;
(v) egallab turgan mavqei darajasining ko’rsatkichlari – o’zining ayni paytdagi amalga oshirayotgan karerasi davridagi odamlar munosabati bilan ilgarigi mavqei o’rtasidagi tafovut; (g) muloqot yaratuvchanlik salohiyati ko’rsatkichlari – shaxsning egallab turgan mavqei davrida keyingi ko’tarilishi yo’lida amalga oshiriladigan munosabatlari darajasi.Rasmiy uchrashuvlarga psixologik tayyorlanish qoidalari. To’g’ri fikrlash va xulosa chiqarishga erishish.
"Etiket" so’zi ko’pincha muloyimlik va kattalarga xurmat deb talqin qilib kelingan. Xammaga ma’lum bo’ldiki insonlar bilan muloqotni to’g’ri o’rnatilishi juda katta muvafaqiyat keltirar ekan.

Etika qoidalariga va xizmat talablari etiketiga rioya qilish kattagina qoidalar majmuasi hisoblanib, bular har bir xodimga katta mas’uliyat yuklaydi. Etiket normalariga ahamiyat bergan va qat’iy amal qilgan davlat xizmatchilari hokimiyat organlarining aholi bilan bo’lgan munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ana shunday ma’naviy psixologik shart-sharoitlarda o’zaro ishonch hissi hukm surib, turli xil muammolarni hal etishda hamjihatlik va hamkorlik muhitining shakllantirilishida qo’l keladi.


Ish etiketini bilish - zaruriy kasbiy sifat hisoblanadi, uni muntazam egallab va takomillashtirib bormoq lozim. Bu haqda Deyl Karnegi yozgan edi: “U yoki bu moliyaviy ishlarda, muvaffaqiyatning 15% kasbiy bilimlar bilan belgilansa, 85% kishilar bilan bo’lgan muloqot mahoratiga bog’liq”. Haqiqatda, ma’muriyat, boshqaruv xodimi iqtisodiyot, huquq, boshqaruvdan bilimi nihoyatda chuqur bo’lishi mumkin. Ammo bilim bilan birga kishilar bilan bo’lgan o’zaro muomalada etiket norma asoslari malakasiga ega bo’lmasa ham hamkorlari va ham tashrif buyuruvchilar tomondan hurmatga erishish qobiliyatiga ega bo’lmaydi.
Xizmat etiket qoidalarini egallamaslik davlat xizmatchilarining boshqaruv jarayonida o’sishi va xizmat mavqeiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ish yuzasidan umumiy etiket qoidalarini bilish, har doim katta afzallik kasb etadi. Umuman kishi rahbar yordamchisimi, bosh mutaxassis bo’ladimi yoki tashkilotning bosh boshqaruv apparati xodimi bo’ladimi, har doim ham katta ahamiyatga ega bo’lib, afzallik kasb etadi. qaysi bir ishda yoki lavozimda ishlamang (yoki ishlamoqchi bo’lsangiz) etiketning asosiy qoidalarini bilishingiz va amal qilish uchun ularni xotirada tutmoq lozim. Bu qoidalarni bilish xususan davlat xizmatchilari uchun juda muhimdir.
«Rahbar uchun zarur bo’lgan yana bir muhim fazilat shundan iboratki, u xalq bilan til topisha olishi lozim. Rahbar eng murakkab, eng qiyin vaziyatlarda ham odamlarni ko’ndirishi, ularni ba’zi bir nojo’ya yo’llardan, xatti-harakatlardan qaytarishi va o’z atrofida sog’lom vaziyat, sog’lom iqlim barpo etishi darkor.
Buning uchun rahbar, albatta, katta mahoratga, xudo ato etgan o’ziga xos, o’ziga mos fazilatlarga ega bo’lishi zarur.
Kim qanday tushunadi – bilmadim, lekin,mening fikrimcha, rahbarning avvalo istarasi issiq bo’lishi kerak. Istarasi issiq degani, bu – uning odamlargako’ngli ochiq bo’lishi demakdir. Ya’ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo’lmasligi, bag’rikengva kechirimli bo’lishi lozim. Va kerak bo’lsa,meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u ya’ni, rahbarning atrofidagi muhit, ma’naviyiqlim odamlarni o’ziga qaratishi, o’zigajalb eta olishi kerak.
Har qaysi rahbar ana shu talablarga intilishi,ana shu fazilatlarga munosib bo’lish uchuno’zini doimo qiynab yashashi, unga ishonch bildirib, mas’ul lavozimga ko’targan xalqqa hamishasidqidildan xizmat qilishi, kerak bo’lsa, shu yo’lda jonini ham fido etishga tayyor turishi darkor».
Aksariyat hollarda davlat xizmatchisining o’z mavqei va maoshining pasayib ketishi va umuman yo’qotishi, uning tarbiyasizlik qilishi yoki o’zini noto’g’ri tarzdagi tutishidan, ya’ni etiket qoidlariga amal qilmaslikdan kelib chiqadi. Buni to’g’ri tushungan yapon xodimlari misol uchun yaxshi xulq-atvor, o’zini tutish kabi etiket bilan bog’liq turli maslahatlarga har yili millionlab mablag’larni sarflaydilar.
Taassufki, bu holatga bizning ishbilarmonlarimiz jiddiy tarzda e’tibor va ahamiyat bermaydilar va buning natijasida xorijiy sarmoyadorlar va hamkorlar bilan birinchi-ikkinchi uchrashuvdanoq munosabatlarda tushunmaslik holatlari yuzaga kelib, shartnoma bo’yicha kelishuvlar samarali darajada o’z nihoyasiga etmaydi.
Davlat xizmatchisi ahamiyat berishi lozim bo’lgan etiket qoidalari axloq normalariga asoslanadi. Zamonaviy amaliyotda davlat xizmatchilarida quyidagi jihatlar, ya’ni mehnatsevarlik, beg’araz yordam, buyruq va ko’rsatmalarni o’z vaqtida bajarish, haqgo’ylik, aniqlik, adolatli qaror chiqarish va shu kabilar axloqiy sifatlarga taalluqlidir. Va aksincha, poraxo’rlik, so’zda qat’iy turmaslik, ta’magirlik, noto’g’ri asos va ma’lumotlar orqali pul o’zlashtirish, mas’uliyatdan bo’yin toblash kabilar axloqsizlik hisoblanadi.
Axloq normalari huquqiy normalardan shu bilan farqlanadiki, ular davlat va xalqaro reglament hujjatlarida qayd etilmagan.
Axloqiy me’yorlar bo’zilishining o’zi bilan birga huquqiy normalarning ham bo’zilishi bir qator noxush hodisalarni keltirib chiqaradi. Ko’p hollarda axloqiy me’yorlarning bo’zilishi ijtimoiy tanbehlar orqali jazolanadi va u turli ko’rinishlarda sodir bo’ladi: tanqidiy mulohaza, ta’qib qilish, tanbeh berish, so’zini ustidan chiqmaslik. Ayrim holatlarda ta’qibiy qarash, hazillashib jilmayish yoki hazil tovushdagi ibora ham etarlicha jazo sifatida ko’rinadi.
Suxbat jarayonida tarjimon mehmonning chap tarafida turadi va delegatsiya boshligi yordamchisi uning o’ng tomonida turadi. Tarjimon bilan suxbat olib borishda xam aloxida o’quv kerak bo’ladi.
Tarjimon bilan ishlash jarayonida takliflarni o’ylab gapirish, qisqa va aniq gapirish kerak, suxbat jarayonida to’xtalib qolmaslik talab etiladi, chunki bu tarjimon ishini qiyinlashtiradi. Mexmon etnik va milliy psixologik qarashlarni bilmasa oldindan uni tanishtirib o’tish maqsadga muvofiq. Xar qaysi davlatda suxbat jarayonida turlicha masofalar qabul qilingan. Shimoliy Amerika va G’arbiy evropa to’rt turdagi masofa qabul qilingan; Umumiy masofa 3.5 m dan ortiq. Rasmiy ravishda tadbirlarda o’rnatiladi. Eng kam masofa - 0.5 metrgacha bo’lib, bunday masofa eng yaqin kishilar bilan uchrashilganda o’tirib gaplashiladi.
Shaxsiy masofa - 0.5 dan 1.2m gacha bu xam yaqin kishilar o’rtasida o’rnatiladi. Ijtimoiy masofa 1.2 metrdan 3.5m gacha bo’ladi. Do’stlar o’rtasida va ish yuzasidan o’tkazilgan muzokaralarda o’rnatiladi.
Suxbatni osoyishta olib borish kerak. ovozni balandlatmasdan va xatto asos bo’lganda xam jaxl qilmaslik kerak. Jizzakilik, shoshqaloqlik suxbatda yomon yordamchilardir. Shuni xisobga olish kerakki ish bo’yicha suxbat, xulqdan farq qiluvchi xissiyotlarni talab qiluvchi o’ziga xos muloqot shaklidir.
Etiket me’yorlari, axloqdan farqli ravishda, shartli sanaladi, ular inson xulq-atvorida nima narsa umum qabul qilingan, nima esa yo’qligi to’g’risida yozilmagan bitim (kelishuv) xarakteriga ega. Har bir madaniyatli kishi nafaqat etiketning asosiy me’yorlarini bilishi va unga rioya qilishi, balki ma’lum (muayyan) qoida va o’zaro munosabatlar zaruriyatini ham tushunishi lozim. O’zini tutish (yurish-turish) tarzi insonning ichki madaniyatini, uning axloqiy va aqliy sifatlarini ko’p jihatdan aks ettiradi. Jamiyatda o’zini to’g’ri tuta bilish juda katta ahamiyatga ega: u aloqaga kirishishni engillashtiradi, o’zaro tushunishga erishishga yordam beradi, o’zaro yaxshi barqaror munosabatlarni yaratadi.
Qayd etish lozimki, odobli va tarbiyali inson nafaqat rasmiy marosimlarda, balki uyda ham o’zini etiket me’yorlariga mos tutadi. Asosida xayrxohlik yotgan haqiqiy xushmuomalalik u yoki bu vaziyatlarda nima qilish lozimu, nima qilmaslik kerakligini ko’rsatib turgan odob, me’yorni bilish bilan o’zaro bog’langan. Bunday inson hech qachon jamoat tartibini bo’zmaydi, biror so’zi yoki ishi bilan boshqani ranjitmaydi, uning sha’nini haqoratlamaydi.
Afsuski, ikki yoqlama xulq-atvor tarziga ega – “ko’cha-xandon, uy-zindon” kishilar ham uchrab turadi. Ular ishda, tanish va do’stlar bilan xushmuomalada, uyda esa yaqinlari bilan betakalluf, qo’pol va beandisha muomalada bo’ladilar. Bu esa odamning madaniyati pastligi va yaxshi turbiya topmaganidan dalolat beradi.
Demak, etiket – umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat, axloqning juda katta va muhim qismi hisoblanadi. U ko’p asrlar davomida barcha xalqlar tomonidan ularning ma’naviy madaniyat sohasida – ezgulik, adolatparvarlik, insonparvarlik haqidagi, moddiy madaniyat sohasida – go’zallik, tartib, obodonchilik, maishiy maqbullik to’g’risidagi tasavvurlariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Hozirgi zamon etiketi turmushda, xizmatda, jamoat joylarida va ko’cha-ko’yda, mehmonda va turli rasmiy tadbirlar: qabullar, marosim va muzokaralarda kishilarning xulq-atvorini tartibga solib turadi. Etiket batafsil ishlab chiqilgan boadablik qoidalarining murakkab shaklida namoyon bo’ladi, turli sinf va qatlamlar vakillari bilan, martabasiga qarab amaldor (mansabdor) shaxslar bilan muomala qoidalarini, turli doiralarda o’zni tutish qoidalarini va shu kabilarni aniq tasniflaydi.
Ish (xizmat) etiketi talablarini shunchaki ko’r-ko’rona va so’zsiz bajarish kerak emas, balki ularning ish yuzasidan muloqotda zarur bo’lgan ichki mazmun-mohiyatini tushunishga intilish lozim.
O’zni tutish tarzi insonning ichki madaniyatini, uning axloqqa bo’lgan haqiqiy munosabatini, axloqiy talablar borasidagi tushunchasini, shuningdek, ayta olamizki, uning aql-zakovatini aks ettiradi. Aytish mumkinki, ish (kasb, xizmat) etiketi – bu insonning ichki axloqiyligi va madaniyatining tashqi ifodasidir.
Agar kishi boshqa tilda gapirsa xam o’z ona tilidagi tezlik va balandlikni saqlab qoladi. Menmon bilan gaplashganda yaxshisi murakkab xazillar maqollar ishlatmaslik kerak, chunki ularni tarjima qilish qiyin suxbatdosh uni noto’g’ri tushunish mumkin.
Agar kishi boshqa tilda gapirsa xam o’z ona tilidagi tezlik va balandlikni saqlab qoladi. Menmon bilan gaplashganda yaxshisi murakkab xazillar maqollar ishlatmaslik kerak, chunki ularni tarjima qilish qiyin suxbatdosh uni noto’g’ri tushunish mumkin. Rahbar xodimlarning ish etiketiga oid fikrlar sharq adabiy-falsafiy merosining noyob durdonasi bo’lgan Avestoda ham uchraydi.

Yüklə 124,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin