Autopsixologik kompetensiya – bu rahbardagi shunday malakalar majmuiki, ular boshqaruvchini o’z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini diagnostikalash, ya’ni o’zini-o’zi diagnostika qilish, o’zini-o’zi tuzata olish (korreksiyalash), o’zini-o’zi takomillashtira olish, o’ziga-o’zi motivatsiya bera olish, har qanday ma’lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik kompetensiyalar bilan bog’liq qobiliyatdir. Ijtimoiy-informatsion kompetensiya – bu rahbardagi axborot texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informatsiyalarga nisbatan tanqidiy munosatda bo’la olishga egaligi. Kommunikativ kompetensiya – bu boshqaruvchining turli tildagi og’zaki va yozma muomala texnologiyalarini o’zlashtirganligi hamda kompyuterda dasturlash va Internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati. Ayrim mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasi ko’pincha OAVda “kommunikativ kompetensiya” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi. Bevosita kommunikativ kompetensiyani aniqlash uchun “Muloqotga kirishuvchanlik darajasi”, “Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar hamda o’zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M.Snayderning maxsus testi qo’llaniladi. Kognitiv kompetensiya – bu rahbarning ma’lumot darajasini oshirishga tayyorligi, o’zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga ehtiyojmandligi, yangi malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o’zini-o’zi rivojlantirish qobiliyati demakdir. Maxsus kompetensiya – bu boshqaruvchining professional xatti-harakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o’z mehnati natijalarini baholay olish qobiliyati. Madaniy kompetensiya – bu menejerning tashkilot normalari va qadriyatlari orqali xulq-atvorini boshqarishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi. Shuningdek, munosib bo’lmagan vaziyatlardagi xatti-harakatlarda maqsadga erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo’lganda ularni yangilari bilan almashtira olish savodxonligi.
Kar’era va kar’era turlari Mutaxassis T.Bazarovning ta’kidlashicha, karera – insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xulq-atvori va tanlagan yo’nalishi bilan bog’liq lavozim yoki kasbiy o’sishining natijasidir.
Kareraga traektoriyani inson o’z mehnat xatti-harakatlarining amalga oshirish jarayonida foydalanadigan shaxsiy maqsadlari, xohish-istaklari, ustanovkalari orqali quradi va uni tashkilot ichi yoki tashqarisidagi haqqoniy faoliyat xususiyatlarida shakllantiradi. Karera turlari: Professional (kasbiy) karera, tashkilot ichidagi karera