3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari


Kishilar bilan ochiq va to’g’ri muomalada bo’lish. Imidj va kar’era



Yüklə 124,61 Kb.
səhifə4/21
tarix07.01.2024
ölçüsü124,61 Kb.
#207304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzo-www.hozir.org

Kishilar bilan ochiq va to’g’ri muomalada bo’lish. Imidj va kar’era.

Faraz qiling sizning kollektivingizda raxbar tayinlash bo’yicha saylov o’tkazilmoqchi. Xo’sh qaysi bir da’vogarga ovoz bermoqchisiz va buning uchun da’vogarning ish va shaxsiy sifatlarini qanday baxolamoqchisiz?


Balkim bunday mashaqqatli muammoni xal etishda yirik sanoat firmalarida e’tiborga olib kelinayotgan raxbar xaqidagi o’n sakkiz masala yordam berib qolar.
Shunday qilib quyidagi savollarga javob berib raxbarlik o’rniga da’vogarni baxolashga urinib ko’ring:
  1. Biz o’z raxbarimizni yaxshi ko’ramizmi, u bilan birga bo’lishni xoxlaymizmi, uning yonida o’zimizni xotirjam tutaolamizmi yoki u o’rinsiz tanqidlari, o’z-o’zini maqtashlari yoki boshqa sovuq xulq-atvori bilan noxushlik tug’diradimi?


  2. U o’z faoliyatiga va xodimlarning muvafaqqiyatiga e’tibor bilan qaraydimi yoki shaxsiy yutuqlari bilan bandmi?


  3. Boshqa bo’limlar raxbarlari bilan yaxshi ishlab keta oladimi yoki yolg’iz ishlashga moyilmi?


  4. O’z ishining egasi bo’la oladimi yoki joriy ishlar qurshovida qolib ketadimi? Tashkilotchilik ishlariga yetarli vaqt ajrata oladimi yoki faqat kundalik ishlar bilangina shug’ullanadimi?


  5. U o’z guruxi mexnatini yaxshi tashkil eta oladimi?


  6. Bajarilgan ishlar xakida xisobot qilishga qurbi etadimi?


  7. Umuman u yaxshi taassurot qoldira oladimi?


  8. U yaxshi o’qituvchiga xos xislatga egami?


  9. U intizomni saqlay oladimi, ishga yaramas xodimlarni ishdan bo’shata oladimi?


  10. U dam olishga ko’p vaqt ajrata oladimi?


  11. U psixologiya, sotsiologiya, odob, filosofiya kabi o’z ishiga aloqasi bo’lgan umumiy muammolarni o’rganishga ko’p vaqt ajrata oladimi?


  12. U odamlarni tushunish kobiliyatiga egami, odam larning muammo va talablariga kizikish va xayrixoxlik bilan qaray oladimi?


  13. U samimiy xamkorlik uchun o’rtoqlarcha sharoit yaratish qobiliyatiga


egami?

  1. O’z-o’zini tutib tura oladimi, xaqiqatgo'ymi yoki shoshqoloqlik, betayinligi bilan qo'l ostida ishlovchilarda xavotirlik, asabiylik uyg’otadimi?

  2. U xamma xodimlarga bir xil munosabatda bo’ladimi yoki yaxshi ko'rgan odamlarini ajratib yuradimi?


  3. U ortiqcha extirosga berilmay aniq va osoyishta gapira oladimi?


  4. U yangi imkon, vosita va yaxshi uslublarni qidira oladimi yoki u kishini azobga soladigan usullarni qo’llaydimi?


  5. U tulik axborotga ega bo’lmay kapop qabul qila oladimi, ayrim taxminlar asosida xarakat qila olish ichki tuyg’u va ishonchga egami?


Yuqorida qayd qilib o’tilgan ko’pchilik savollarga olinadigan javoblar sizga shaxsiy nuqtai nazarni ishlab chiqishingizga va raxbar o’rniga da’vogar xaqida ma’lum fikr paydo bo’lishiga yordam beradi.


Tadqiqotchi F. Mamatqulova rahbarlarning ma’naviy psixologik madaniyatini quyidagi bosqichlarga ajratib o’rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Birinchidan, ma’naviyati nisbatan kam saviyada shakllangan rahbarlar. Bunday rahbarlar oddiy axloqiy-ruhiy fazilatlardan ancha mahrum va jamiyat ma’naviy me’yorlarini avvalo tushunib yetmaydigan, mensimaydigan rahbar xodimlardir (afsuski bunday rahbarlarni ta’lim muassasalarida ham uchratish mumkin).
Ikkinchn toifadagi rahbarlar ma’naviy madaniyat egalari axloqiy darajasi past bo’lishi bilan birga jamoat fikri, oila, xalq an’analari va boshqa shu kabi qadriyatlar bilan bog’lanmagan psixologik muhitni tez-tez buzib turadigan rahbarlardir.

Yüklə 124,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin