Muzokara tabiati va muzokarada ishtirok etish madaniyati. Muzokara jarayoniga psixologik tayyorgarlik ko’rish shartlari. Rahbar faoliyatida muzokaraning o’rni.
Muzokara bu - biron-bir masala yuzasidan manfaatlar yo’lidagi kelishuv jarayonidir. Bu jarayonda odatda, kamida ikki tomon ishtirok etadi va har qaysi tomon, o’z manfaatini amalga oshirishni ko’zlaydi. Manfaatlari turlicha bo’lishiga qaramay, umumiy faoliyat olib boruvchi tomonlar ma’lum qoidalar doirasida harakat qilib, o’zaro qoniqtiruvchi va hamma tomonga ma’lum echim ustida ish olib boradilar.
Aynan shu umumiy faoliyatning mavjudligi manfaat va maqsadlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini tug’diradi. Shuning uchun ham, muzokara orqali maqsadga erishishni hohlovchi raxbar bu jarayonga xos tomonlarni qolaversa, xususiyatlarni bilishi va kezi kelganda ularni boshqara olishi lozim. Muzokara chin ma’noda rahbardan irodaviy tetiklikni, mustahkam asab tizimini va o’z-o’zini nazorat qilishni, emotsiyalarini boshqarishni taqozo etadi.
Rahbar faoliyatida muzokara. Muzokara olib borish ko’lami juda keng bo’lib, bu soha tashkilotdagi ayrim ziddiyatli holatni ijobiy yo’nalishda hal etishdan boshlab, toki sarmoya jalb etishdagi qulay pozitsiyani qo’lga kiritishga va hatto ziddiyatdagi tomonlarni yarashtirish yo’lida vositachilik vazifasini bajarish maqsadida ham qo’llaniladi. Raxbar qanchalik diplomatik qobiliyatga ega ekanligi va boshqalarni harakatini «o’qish san’atiga» ega ekanligi muzokarada liderlik qilish imkonini yaratadi.
Shu bois, rahbar muzokara olib borishga oid asosiy qonun va qoidalarni bilishi, ulardan amaliy tarzda foydalana olishi lozim. Muzokara bu, nafaqat biron masala yuzasidan fikr almashish, balki muzokara ishtirokchisi bo’lmish rahbar orqali uning tashkiloti haqida xulosa chiqarish manbai hamdir. Demak, muzokara olib borish mahoratiga ega rahbar hatto o’rtamiyona tashkilotni ham boshqa raqobatdosh tashkilotga nisbatan afzallik tomonini namoyon etish qobiliyatiga ham ega.
Ushbu jumlalarni o’qigan o’quvchida muzokara bu, yo’q narsani bor qilib ko’rsatish mahorati emasmikan, degan fikr tug’ilishining mutlaqo tarafdori emasmiz. Rahbar o’z tashkiloti imkoniyatlari, uning kuchli tomonlarini yaxshi tasavvur qila olishi va bu xususiyatlarni yanada ijobiy tarzda taqdim eta bilishi lozim. Bu jarayon rahbardan nafaqat o’ziga, balki, tashkilot xodimlariga ishonchni, kelajakka katta umid bilan qarashni va shaxsning muvaffaqiyatga yo’nalishini ifodalaydi.
Muzokaralar turli sharoit va tomonlar ishtirokida o’tadi. Bu esa, muzokaraning oson kechmasligini, bu jarayon davomida turli-tuman kutilmagan omillar ta’siri mavjudligini asoslaydi. Odatda muzokara har qanday murakkab tuzilma singari bir necha asosiy bo’laklardan iborat: muzokara mazmuni, muloqot, munosabatlar, tadbirlar (qoidalar, muhokama tartibi, protokol). Muzokaraning jarayon sifatida murakkabligi shundaki, ushbu sanab o’tilgan har bir qism dolzarb ahamiyat kasb etadi va muzokara natijasining hal etishga o’z ulushini qo’shadi. Masalan, muzokaraga oldindan tayyorlanish, hamma xujjatlarni batafsil o’rganib, mulozamat qoidalarini o’rniga qo’yib ijro etish mumkin, lekin hamsuhbatimiz milliy xususiyatiga oid ba’zi jihatlarga e’tiborsizligimiz butun urinishimizni zoe ketkazishi mumkin. Bu jihatlarni muzokaraning tashqi tomoni, po’stlog’i deb atash mumkin. Lekin bu jarayonning ichki tomoni ham borki, unda muzokaraga tayyorlangan tomondan qator vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu vazifalara qatorida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
o’zga tomonda qiziqish uyg’otish;
masalaga yuzasidan o’z nuqtai nazarini to’g’ri tushuntirishga erishish va shu bilan birga o’zganing qarashi haqida to’la-to’kis tasavvurga ega bo’lish;
o’zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg’otish;
birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o’zgada mas’uliyat uyg’otish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish muzokaraning muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosdir.
Muloqot jarayonining ichki tomoni ham borki, unda muzokaraga tayyorlangan tomondan qator vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. Bu vazifalar qatorida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
- o’zga tomonda qiziqish uyg’otish;
- masalaga yuzasidan o’z nuqtai nazarini to’g’ri tushuntirishga erishish va shu bilan birga o’zganing qarashi haqida to’la-to’kis tasavvurga ega bo’lish;
- o’zga tomonda xayrixohlik harakatlarini uyg’otish;
- birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish va o’zgada mas’uliyat
uyg’otish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish muzokaraning muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosdir. Muzokaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama harakat natija bermaydi; masalaning echimi qonun bilan belgilanmagan; masalani sudgacha hal etish samaraliroq bo’lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda. Odatda muzokaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari farqlanadi va ular muzokara shakliga ko’ra turlicha mazmunga ega.
Masalan, xalqaro munosabatlar sohasidagi muzokaralar aniq qayd etilgan qoida va me’yoriy tomonlariga ega bo’lsa, xo’jaliklararo uchrashuvlar doirasidagi ko’pgina uchrashuvlar tomonlarning qo’l siqishi orqali ham tasdiqlanib ketaveradi. Lekin muzokara qay darajada amalga oshirilmasin uning natijasi kelishuvdan va ushbu kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir.
Qanday holda muzokaraga murojaat etiladi va qay sharoitda muzokarasiz ham ish ko’rish mumkin. Muzokaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama harakat natija bermaydi; masalaning echimi qonun bilan belgilanmagan; masalani sudgacha hal etish samaraliroq bo’lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda. Odatda muzokaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari farqlanadi va ular muzokara shakliga ko’ra turlicha mazmunga ega.
Dostları ilə paylaş: |