3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzokaralar olib borishning psixologik jihatlari. Boshqаruv faoliyatida muomala qilish madaniyati. Boshqаruv faoliyatida nizolar va ularni bartaraf etish yo‘llari


Rahbarning tinglash mahorati. Rahbarning muomala madaniyati



Yüklə 124,61 Kb.
səhifə10/21
tarix07.01.2024
ölçüsü124,61 Kb.
#207304
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
3-mavzu. Zamonaviy rahbar imidji va imijologiya masalalari. Muzo-www.hozir.org

Rahbarning tinglash mahorati. Rahbarning muomala madaniyati.
Boshqaruv muloqotining xususiyati quyidagilardan iborat: Boshqaruvning hozirgi zamon uslub va usullarini muloqotda yoritish; Tinglovchilarga suhbat va muloqotda psixologik qonun qoidalarga asoslangan uslublarni o’rgatish;
Suhbat va uchrashuvda emotsional psixologik holatni boshqarish
usullarini shakllantirish. Muloqot turlari: noverbal; verbal; suhbatdoshga ijobiy ta’sir usullari.
Muloqotning noverbal kanallari:
Vizual- (ko’rish vositasi yordamida) (yuz mimikasi, ko’z, nigox xarakatlari, tabassum,umumiy turish, qo’l va panja xarakatlari, yurish, ishoralar, teri reaksiyalari va boshqa ko’rinishlardir.)
Audial-(eshitish vositasi yordamida) (paralingvistik xususiyatlari-ovozni baland-pastligi,uning tebranishi va oxangi, jarangi, nutqni tezligi va so’zlarga berilgan urg’ular va xokazo. Ekstralingvistik xususiyatlari-yig’lash, kulish uslubi, gapda paydo bulaetgan tuxtamlar(e-e-e…, xm-m-m, xaligi-chi);
Taktil-(sezish vositasi erdamida) (teginish, qo’l siqish va surashish, yelkasiga qoqib kuymok, o’pishish va boshq.);
Olfaktor- (xid-sezish vositasi yordamida) (yoqimli-yoqimsiz hidlar,og’izdan-badandan kelayotgan hidlar,tabiiy va sun’iy hidlar, atir-upa xidlari).



  1. Rahbar muloqotidagi rioya qilish zarur bo’lgan ma’naviy


me’yorlar.
Suhbat olib borish va boshqaruvning psixologik aspektlari:
73% amerikalik, 60% ingliz, 86% yapon menejerlari maqsadga etish yo’lidagi asosiy to’siq samarali muloqot qila bilmaslik deb hisoblashadi.
Menejer, vrach, izquvar 50% dan 90% gacha ish vaqtini kishilar bilan muloqotga sarflaydi.
So’nggi yillardagi izlanishlarning ko’rsatishicha:
58% ma’lumotni noverbal kanallar orqali;
35% ma’lumotni audial kanallar orqali;
7% suhbatdosh nutqidan, verbal kanal orqali qabul qilamiz.


YODDA TUT!Muloqotda noverbal muloqot vositalari katta ahamiyatga
ega.
Rahbarlik muloqoti quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: Aloqa kontakt o’rnatish, masalani muhokama qilish, yechim variantlarini izlash. Qaror qabul qilish.
Boshqaruv muloqoti quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Buyruq va topshiriq uzatish, xodimga u yoki bu maslahatni berish;
Vazifa, topshiriq qanday ado etilganligi haqida «qayta aloqa», ya’ni hisobotni qabul qilish; Itoatdagi xodimlarga vazifa qanday bajarilganligi haqida baho
berish. Boshqaruvda muloqotini amalga oshirishning birinchi bosqichi rahbarning ikki savolga javob olishidan iboratdir:
Qarshimdagi odam kim? U qanday holatda?
Boshqaruvda muloqotini amalga oshirishning birinchi bosqichida rahbar qarshisidagi odam haqida quyidagi bilimlarni bilishi va nazarda tutishi zarur:
1) yoshi;
2) mutaxassisligi, kasbi;
3) shu tashkilotda necha yildan beri ishlayotganligi;
4) oilaviy ahvoli;
5) qobiliyati (qaysi vazifani yaxshi bajaradi-yu, qaysi birini uddalay olmaydi);

6) sog’ligi haqidagi ma’lumot va h.k. Ushbu axborotga ega rahbar har qanday topshiriqni xodimga ishonch bilan topshirishi va ijobiy natija kutishi mumkin.


Kontakt o’rnatishning ikkinchi bosqichi suhbatdoshning ichki holatini aniqlash, suhbat chog’ida uning ichki kechinmalari haqida boxabar bo’lishni taqozo etadi. Qarshimizdagi odamning tashqi qiyofasi – tana holati, yuz mimikasi, qo’l-oyoq harakatlari va ovoz intonatsiyasi – bularning hammasi insonning hozirgi holati haqida ma’lumot beradi va u suhbatning asosiy qismiga o’tishga tayyormi yoki yo’qligi belgisidir. Suhbatdoshning tashqi qiyofasidagi bu ko’rsatkichlar odatda muloqotning noverbal, ya’ni so’zsiz jihatlarini tashkil etadi va kishining ichki holati haqida haqqoniy ma’lumot beradi.



Yüklə 124,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin