3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


porsiya palovning normativ (rejali) tannarxini kalkulyatsiyasi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

1 porsiya palovning normativ (rejali) tannarxini kalkulyatsiyasi
 
 100 porsiya palovga ketadigan harajatlar 
Summa 
1. Go‘sht 6 kg *2200 so‘m 
13200 
2. Guruch 20 kg *500 so‘m 
10000 
3. Yog‘ 8 kg *1100 so‘m 
8800 
4. Sabzi 20 kg*250 so‘m 
5000 
5. Piyoz 3 kg *150 so‘m 
450 
6. Tuz va zirovorlar 
500 
7. Jami harajatlar 
40950 
 1 porsiya palovning o‘rtacha normativ tannarxi 
409-50 
 
Normativ(rejali) kalkulyatsiya asosida hisoblangan mahsulot tannarxi hisobot davri 
ichida hisob bahosi sifatida qo‘llaniladi. Chunki hisobot davri tugamaguncha mahsulotni 
ishlab chiqarishga ketgan barcha ishlab chiqarish harajatlarini to‘liq aniqlab 
bo‘lmaydi,demak mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini ham hisoblab 
bo‘lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat)ning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish uchun hisobot 
davri oxirida ushbu mahsulot (ish,xizmat) uchun haqiqatda qilingan harajatlar summasi 
hisob registrlaridan olinadi, masalan bosh kitobdan. Jami harajat summasi ishlab 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


119 
chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) ning umumiy soniga bo‘linadi va shu yo‘l bilan bir 
birlik mahsulot (ish, xizmat)ga to‘g‘ri keladigan tannarx summasi hisoblanadi. Misol 
uchun, fabrikada 1 kilogramm choyni qadoqlashning normativ (rejadagi) ishlab chiqarish 
tannarxi kalkulyatsiyaga muvofiq – 1200 so‘m, mart oyida 20 tonna choy qadoqlangan va 
jami ketgan ishlab chiqarish harajatlari bosh kitob bo‘yicha 25000000 so‘m, unda 1 
kilogramm qadoqlangan choyning haqiqiy tannarxi 1250 so‘m bo‘ladi (25000000 / 
20000 kg)., aprel oyida 25 tonna choy qadoqlangan va jami ketgan ishlab chiqarish 
harajatlari bosh kitob bo‘yicha 30000000 so‘m, unda 1 kilogramm qadoqlangan 
choyning haqiqiy tannarxi 1200 so‘mni tashkil etadi. 
Agar korxonada hisobot davri davomida tayyor mahsulotlarning harakati rejali 
hisob baholarida hisobga olib borilgan bo‘lsa, u taqdirda hisobot davri oxirida haqiqiy 
tannarx va hisob bahosi o‘rtasidagi farq aniqlanadi va ushbu summaga tuzatish yozuvlari 
qilinadi. Ushbu yozuvlar to‘g‘risida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz.
Tannarxni kalkulyatsiyasi asosida mahsulot (ish, xizmat)ning sotish bahosi ham 
kalkulyatsiya 
qilinadi. 
Sotish 
bahosini 
kalkulyatsiyasining 
tannarxning 
kalkulyatsiyasidan farqi shundaki, unda sotishda tannarx ustiga qo‘yiladigan qo‘shimcha 
qiymatlar hisobga olinadi. Bunday qiymatlar bo‘lib, jumladan korxonaning rentabellik 
darajasi bo‘yicha oladigan foydasining summasi, aksiz solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, 
savdo ustamasi, ovqatlanish korxonasining ustamasi hisoblanadi. Misol uchun, aroq 
ishlab chiqaruvchi zavodda bir shisha aroq ni ( sig‘imi 0,5 litr) sotish bahosi 
kalkulyatsiyasi taxminan quyidagicha bo‘ladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin