3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Umum xo‘jalik harajatlari



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9.Umum xo‘jalik harajatlari
a) 2010 va 2310 –schyotlarga yopiladi 
B) Faqat 2310 – schyotga yopiladi
V) Faqat 2010 schyotga yopiladi 
G) Faqat 2110 –schyotga yopiladi 
10.Qaysi korxonada kelib tushgan materialga to‘g‘ri keladigan QQS ishlab 
chiqarish harajatlariga kiritiladi? 
A) Umumiy soliqlarni to‘lovchi korxonada 
B) Yagona soliq to‘lovchi korxonada 
V) Qurilish tashkilotida 
G) Ishlab chiqarish firmasida 
 
 
 
 
5.3. 
Tayyor mahsulotlarning hisobi 
 
Tayyor mahsulot deganda ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan 
o‘tgan, ortiq qayta ishlovni talab qilmaydigan, o‘zining sifati bo‘yicha davlat 
standartlariga, texnik shartlarga javob beradigan va omborxonalarga qabul qilingan 
tayyor buyumlar tushuniladi. 
Korxonaning faoliyat turiga qarab u ishlab chiqargan tayyor mahsulotlar turlicha 
bo‘lishi mumkin. Masalan, mashinasozlik zavodining tayyor mahsuloti bo‘lib yengil yoki 
yuk tashish avtomobillari, non kombinatining tayyor mahsuloti bo‘lib – non va non 
mahsulotlari, qishloq xo‘jalik korxonasining tayyor mahsuloti bo‘lib yetishtirilgan meva-
sabzavotlar va boshqa mahsulotlar hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar korxonada olib borilgan ishlab chiqarish jarayonining pirovard 
natijasi hisoblanadi. Ularni tayyorlashga ketgan harajatlar korxonaning ishlab chiqarish 
harajatlarini, shuningdek tayyor mahsulotning tannarxini tashkil qiladi. 
Tayyor mahsulotlar korxonalarning aylanma aktivlarining muhim turi hisoblanadi. 
Ularning aylanish tezligi talab va taklifga, sifatiga, ishlab chiqarilgan hajmiga, bahosiga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


118 
va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. O‘z navbatida tayyor mahsulotlarning haridorligiga
sotish hajmi, pul tushumlari, daromad va boshqa ko‘rsatkichlar bevosita bog‘liqdir. 
Shuning uchun ham tayyor mahsulotlar buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlaridan biri 
hisoblanadi. 
4-son BXMS ga muvofiq tayyor mahsulotlar quyidagi baholarda hisobga olinadi: 

Ishlab chiqarishdan olinganda – haqiqiy tannarxi bo‘yicha; 

Ta’sischilardan olinganda – kelishuv bahosida; 

Qaytarib bermaslik sharti bilan bepul kelib tushganda – ekspert yo‘li bilan 
aniqlangan qiymatda; 

Bahosini real aniqlash qiyin bo‘lgan buyumlar bo‘yicha- rejali (normativ) bahoda. 

Haridorgirligini yo‘qotgan, sifati past yoki shikastlangan hollarda- sof sotish
qiymatida ( tannarxdan past bo‘lgan qiymatda). 
Tayyor mahsulotlar qiymatini baholash xuddi ishlab chiqarish zahiralari kabi 
korxona hisob siyosatida belgilangan FIFO yoki AVEKO usullardan birida amalga 
oshirilishi mukin.
Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va tannarxni 
kalkulyatsiya qilish yo‘li bilan topiladi. Kalkulyatsiya, odatda bir xil nomdagi 
mahsulotga (ish yoki xizmat turiga) tuziladi. Amaliyotda normativ (rejali ) kalkulyatsiya, 
haqiqiy tannarx kalkulyatsiyasi kabi kalkulyatsiyaning turlari keng ishlatiladi. 
Normativ (rejali) kalkulyatsiyada qabul qilingan mahsulot (ish, xizmat) birligining 
tannarxi maxsus tasdiqlangan resepturalar asosida sarflanadigan harajatlar summasini
ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulot(ish, xizmat)ning soniga bo‘lish yo‘li bilan 
topiladi. Masalan, 100 porsiya palov (250 grammlik) tayyorlash uchun resepturada 
quyidagi harajatlar ko‘zda tutilgan deylik: go‘sht –6 kg, guruch –25 kg, yog‘ –8 kg, sabzi 
–20 kg, piyoz –3 kg, tuz va zirovarlar - 1 porsiyaga 5 so‘m miqdorida. Ishlatiladigan 
masalliqlar bozordan sotib olinadi. Ushbu shartli ma’lumotlarga ko‘ra 1 porsiya
palovning normativ(rejali) tannarxini kalkulyatsiyasi quyidagicha bo‘ladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin