Kredit 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” – asosiy ishlab chiqarishdan olingan tayyor
mahsulotlarning tannarx bo‘yicha qiymatiga;
•
Kredit 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” – yordamchi ishlab chiqarishdan
olingan tayyor mahsulotlarning tannarx bo‘yicha qiymatiga;
•
Kredit 4610 “Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzi” –
ta’sischilardan ta’sis badali sifatida olingan tayyor mahsulotlarning qiymatiga;
•
Kredit 9380 “Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” – boshqa shaxslardan
qaytarilmaydigan moliyaviy yordam sifatida olingan tayyor mahsulotlarning qiymatiga;
•
Kredit 1010 “ Materiallar “ - tayyor mahsulot tarkibiga kiritilgan materiallar
qiymatiga;
•
Kredit 2810,2820,2830 – tayyor mahsulotlarning ichki almashuviga
•
Kredit 9390 “ Boshqa operatsion daromadlar” – inventarizatsiyada aniqlangan
ortiqchalar summasiga va boshqalar.
Tayyor mahsulotlarning sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Haridorlarga taqdim etilgan schyot-fakturalar bo‘yicha tayyor mahsulotning QQS siz bo‘lgan sotish bahosidagi qiymatiga Debet 4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Kredit 9010 “ Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”
2.Sotilgan tayyor mahsulotlarga to‘g‘ri keladigan QQS summasiga Debet 4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”
Kredit 6410 “ Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar”
3.Haridorlar bilan sotilgan tayyor mahsulotlar bo‘yicha hisob-kitob qilinganda:
•
Olingan avans summasiga
Debet 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Valyuta schyoti”
Kredit 6310”Haridor va buyurtmachilardan olingan avanslar”
•
Olingan avans summasini mahsulot sotilgan so‘ng yopilishiga
Debet 6310”Haridor va buyurtmachilardan olingan avanslar”